TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimiyatini To‘ytepaga ko‘chirib, shaharni yangidan qurishini aytdi, deb xabar qilmoqda Qalampir nashri.
Xabarda ta’kidlanishicha, Toshkent viloyati hokimligi To‘ytepa shahriga ko‘chiriladi. Bu haqda Mirziyoyev 15-dekabr kuni Toshkent viloyatida o‘tkazilgan Xalq deputatlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi davomida ma’lum qilgan.
"Toshkent viloyati hokimligini To‘ytepa shahriga ko‘chiramiz. To‘ytepani yangidan quramiz. Toshkent bilan To‘ytepa orasini besh va uch qavatli uylar qurib, qo‘shamiz. Kelgusida katta tezlikdagi avtomobil yo‘li quramiz. Toshkentga borish-kelish uchun xalqimiz qiynalmasligi kerak. To‘ytepa markazga aylantiriladi", deb ta’kidlagan O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida.
Ta’kidlanishicha, 3-4 yilda To‘ytepaga Toshkent viloyati hokimligi ko‘chirilishi munosabati bilan shahar katta markazga aylantiriladi.