TOShKENT, 15-may – Sputnik. Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini takomillashtirish uchun O‘zbekiston prezidenti qaroriga binoan maxsus komissiya tashkil qilindi.
Ushbu komissiya tomonidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi muxlislari orasida faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi manzilda ommaviy so‘rov o‘tkazilmoqda.
U yerda sohaga befarq bo‘lmagan fuqarolar Milliy teleradiokompaniya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini kiritishlari mumkin. Har bir taklif maxsus komissiya tomonidan o‘rganib chiqilishi xabar berilgan.
Eslatib o‘tamiz, 30-mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev video muloqoti chog‘ida Milliy teleradokompaniyasi faoliyatiga "Axborot" va "Davr" informatsion dasturlaridan kelib chiqib aytgan tanqidiy fikrlar bildirgan edi.
O‘shanda Shavkat Mirziyoyev bu sohada ahvol haligacha "eski hammom, eski tos"ligicha qolayotganini, "Ura-ura"chilik zamoni o‘tgani, televizorda tanqidiy va tahliliy materiallar berish, "Axborot" ko‘rsatuvini o‘zgartirish kerakligini ta’kidlagan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.