TOShKENT, 15-may — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari rahbarlari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash haqida Nizom qabul qilindi.
Ushbu Nizomda hukumatning turli bosqichlarida ishlaydigan, jumlaan quyidagi toifadagi mansabdor shaxslargi nisbatan jazo choralari qo‘llash tartibi belgilangan.
1. O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosarlari, vazirlar va ularning o‘rinbosarlari
2. Davlat qo‘mitalari, agentliklar, markazlar, inspeksiyalar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi raisi va uning o‘rinbosarlari
4. Viloyatlar, shaharla va tumanlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari
5. Xo‘jalik boshqaruv organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari
Ushbu toifadagi mansabdor shaxslarga aybli harakati yoki harakatsizligi uchun hayfsan, jarima yoki lavozimdan ozod etish kabi jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.
Mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshirilgan qoidabuzarliklarning ayrim turlariga jazo choralari quyigacha belgilangan:
- Hujjat loyihalari kerakli muddatda tayyorlanmagani, yoki tayyorlash muddati asossiz cho‘zilgani uchun mansabdor shaxs maoshining — 10% gacha jarima solinishi mumkin;
Shuningdek, Nizomda jarimaning eng katta miqdori 50% dan ortmasligi hamda jarima qo‘llash muddati bir yildan oshmasligi aytib o‘tilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.