Mirziyoyevning yangi qarori: aholini ish bilan ta’minlamagan hokim jarima to‘laydi

© FacebookShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyevning yangi qaroriga ko‘ra, aholi bandligi o‘sishining tasdiqlangan har chorak prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlagan taqdirda hokimlarga lavozim maoshlarining 15 %i miqdorida mukofot to‘lanadi, prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi ta’minlanmagan taqdirda ularga maoshlarining 15 %i miqdorida jarima shaklida intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi

TOShKENT, 9-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev "Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Hokimliklar xodimlarining oyliklariga ustama qo‘shiladi
Qayd etilishicha, qaror yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish va kengaytirishda ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq yo‘naltirilgan va tizimli ishlar olib borishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleks hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish, shu asosda band bo‘lmagan aholini, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalalarini hal qilish maqsadida qabul qilingan.

2017 yilning 1-iyulidan boshlab mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini aholi bandligini oshirish uchun moddiy rag‘batlantirish va shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish tizimini joriy etilishi xabar qilingan.

"Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari aholi bandligi o‘sishining tasdiqlangan har chorak prognoz ko‘rsatkichlari (keyingi o‘rinlarda – prognoz ko‘rsatkichlari) bajarilishini ta’minlagan taqdirda ularga lavozim maoshlarining 15 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi, prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi ta’minlanmagan taqdirda lavozim maoshlarining 15 foizi miqdorida jarima shaklida intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi;

Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Samarasiz ish olib borgan tumanlar hokimlari ishdan bo‘shatiladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlariga, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi ta’minlangan taqdirda lavozim maoshlarining 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi, prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi ta’minlanmagan taqdirda lavozim maoshlarining 20 foizi miqdorida jarima solinadi", — deyilgan xabarda.

Lavozim maoshlaridan jarimalar undirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hamda ularning birinchi o‘rinbosarlariga – Komissiyaning taqdimnomasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori asosida; shahar va tuman hokimlari hamda ularning birinchi o‘rinbosarlariga – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari qarorlari asosida va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga – iqtisodiy kompleksning respublika organlari rahbarlari qarorlari asosida amalga oshiriladi.

Shavkat Mirziyoyev posetil semeynuyu polikliniku v Yashnabade - Sputnik O‘zbekiston
Prezidentning kutilmagan tashrifidan so‘ng bir amaldor ishdan bo‘shatildi
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari, ularning birinchi o‘rinbosarlari, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlari o‘z ish faoliyatida iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlariga ular faoliyatini rivojlantirish va kengaytirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni, jumladan, joylarga chiqqan holda tizimli hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatish, shu asosda band bo‘lmagan aholini, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalalarini hal qilishga qat’iy va so‘zsiz rioya etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari, ularning birinchi o‘rinbosarlari, shuningdek, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlari uzluksiz ikki chorak davomida yoki yil davomida uch chorakda prognoz ko‘rsatkichlari bajarilmaganligi taqdirda ularning aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlari qoniqarsiz, deb topilishi va egallab turgan lavozimlariga noloyiqligi masalasi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantiriladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0