AQSh Kongressiga xakerlar hujum qildi

Obuna bo‘lish
Nashr xabariga ko‘ra, Kongressning quyi palatasida Internet va Wi-Fi tarmoqlari hozirga qadar cheklangan.

TOShKENT, 11 may — Sputnik. Xakerlar AQSh Kongressining kompyuter tarmog‘i ichiga kirib olib, ma’lumotlarni shifrlab, keyin ularni ochish uchun kompyuter egalaridan pul talab  qilmoqda, RIA Novosti Intercept nashri xabari asosida.

“Oxirgi 48 soat davomida, Kongressning quyi palatasining axborot xavfsizligi bo‘limiga hujumlar kuchaytirilgani sezilmoqda. Hujumlar internet orqali YahooMail va Gmail dasturlari orqali amalga oshirilmoqda”, — deyilgan Kongress ichida tarqatilgan xabarda.

OAV: ID qo‘llab-quvvatlayotgan xakerlar AQSh Davlat departamenti xodimlarining ma’lumotlari o‘g‘irlangani xabar berilmoqda. Nash xabariga ko‘ra, xakerlar Kongress xodimlariga ularning tanishlari nnomidan xatlar yozgan. Kmpyuter foydalanuvchisi xatda ko‘rsatilgan ssilka bo‘ylab o‘tganda, virus kompyuter ichidagi barcha ma’lumotlarni shifrlagan.

Nashr xabariga ko‘ra, Kongressning quyi palatasida Internet va Wi-Fi tarmoqlari hozirga qadar cheklangan.

Kongress ma’muriyati xakerlar hujumi borada hech narsa deyishmadi. AQSh Senatida (Kongressning yuqori palatasi) kompyuterlar blokirovka qilingan holatlar kuzatilmagan.

AQSh kompyuter tizimlariga bundan oldin ham xakerlar bir necha marta hujum uyushtirishgan edi. Misol uchun, o‘tgan yili jinoyatchilarga AQSh Federal soliq tizimi ma’lumotlar bazasiga kirishga muvaffaq bo‘lgan, oqibatda 700 ming amerikalik soliq to‘lovchilar haqidagi ma’lumotlar o‘g‘irlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0