Toshkentda Shimoliy vokzal oldidagi yo‘l o‘tkazgichni qayta tiklash ishlari boshlandi

© SputnikToshkentdagi Shimoliy vokzal hududida olib borilayotgan qurilish ishlari
Toshkentdagi Shimoliy vokzal hududida olib borilayotgan qurilish ishlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentning Shimoliy vokzal hududida Kichik halqa yo‘li orqali o‘tuvchi avtomobil yo‘l o‘tkazgichining demontaj qilingan qismini tiklash ishlari boshlab yuborildi. Yangi ko‘prik o‘tkazgich yo‘lini eng zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilishi kutilmoqda. U yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlash va turar joy massivi aholisi uchun keng qulayliklar yaratadi

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Toshkent shahar hokimiyati Shimoliy vokzali oldidagi ko‘prik o‘tkazgich yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar bermoqda.

Amu-Buxara kanali ustida yangi ko‘prik qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
Amu-Buxoro kanali ustida 8 oyda yangi ko‘prik qurib bitkazildi
Yangi ko‘prik o‘tkazgich yo‘lini eng zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilishi kutilmoqda. Yangi ko‘prik yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlash va turar joy massivi aholisi uchun keng qulayliklar yaratadi.

Ushbu yo‘l Kichik halqa yo‘lining muhim bo‘g‘ini hisoblandi. Toshkent shahrining markazi bilan shaharning sharqiy tomonida joylashgan tumanlar va Toshkent viloyati tumanlari bilan bog‘laydi. Lekin 2008-yilda ushbu ko‘prik yo‘li demontaj qilinadi va ko‘prik qisman buziladi. Buning oqibatida transport vositalarining qatnovi shahar markaziga harakatlanish o‘rniga, tirband bo‘lgan aylanma yo‘llarga yo‘naltirilgan edi.

Natijada Shimoliy vokzal atrofidagi yo‘llarda transport qatnovini tig‘izlashtirib qo‘yar edi. Vaziyat shu darajada jiddiylashdiki, mazkur muammo hal qilinishi uchun shahar aholisi tomonidan prezident xalq qabulxonalariga murojaat qilishadi. Eng qizig‘i, avvalgi ko‘prikni demontaj qilingan qismida turar joy massivi barpo etiladi. Endi bu massivni boshqa yerda ko‘chirib bo‘lmaydi.

Parkdan qazib olinayotgan daraxt - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yangi shohko‘cha ochilishiga tayyorgarlik boshlandi
Ushbu masalani hal qilish uchun davlat rahbari tomonidan har tomonlama zamonaviy va qulay bo‘lgan ko‘prik yo‘lini qurish haqida topshiriq berildi. Bu transport vositalarni harakatlanishi uchun qulaylar yaratadi va ikkinchi tomondan – qurilgan turar joy massivida istiqomat qiluvchilarni bezovta qilmaydi.

Ushbu qurilish loyihasiga ko‘ra, ko‘prikning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinadi. Eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi yangidan quriladi. Shunda ko‘prik yo‘li turar joy massivini aylanib o‘tadi.

Shu bilan birga yo‘l chetida maxsus piyodalar yo‘laklari quriladi. Bu haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish barobarida harakat xavfsizligini ta’minlash darajasini ham oshiradi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0