Amu-Buxoro kanali ustida 8 oyda yangi ko‘prik qurib bitkazildi

© Uzavtoyul"Amu-Buxara" kanali ustida yangi ko‘prik qurilishi
Amu-Buxara kanali ustida yangi ko‘prik qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi ko‘prik O‘zbekistonni Turkmaniston, Qozg‘iston va Afg‘oniston bilan bog‘laydigan A380 xalqaro avtomagistralida joylashgan.

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Buxoro viloyatida A380 “G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beynov” xalqaro magistralining 185 kilometrida Amu-Buxoro kanali ustida yangi ko‘prik ochildi, RIA Novosti xabariga asosan.

Eslatib o‘tamiz, O‘tgan yilning iyul oyida ushbu joyda 1961-yilda qurilgan eski ko‘prikning bir qismi qulab tushgan edi. Ushbu vaqt davomida avtomobillar 25 km masofadan aylanib o‘tishga majbur bo‘layotgan edi. Oradan sakkiz oy o‘tib yangi ko‘prik qurib bitkazildi.

Yangi ko‘prik kengligi 27 metr, uzunligi 72 metrni tashkiml qildi. Ko‘prikda avtomobillar harakati uchun to‘rt yo‘lak qurilgan. Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar yo‘laklari joylashgan. Shuningdek ko‘prikning ikki tomonidan 5km avtomobil yo‘li ham yangilanishi rejalashtirilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 3,5 mln dollarni tashkil qildi. A380 xalqaro avtomagistrali O‘zbekistonni Turkmaniston, Qozg‘iston va Afg‘oniston bilan bog‘laydi.

 

Yangiliklar lentasi
0