TOShKENT, 15-may – Sputnik. Toshkent shahrida Yo‘l transport hodisalarni maxsus foto va video kuzatuv tizimi joriy etilishi natijasida yo‘l transport hodisalari 2 barobar qisqardi, deb xabar qildi "Podrobno" nashri.
Xabarda qayd etilishicha, video kuzatuv tizimi jami 98 307 ta qoidabuzarliklarni qayd etgan. Shulardan 53 116 ta svetofor qizil chiroqqa o‘tish holatlari, 45 191 ta tezlikni oshirish holatlari tashkil etadi.
Tez orada Samarqand shahrida ham yo‘l transport xodisalalarini maxsus foto va video qayd etish tizimi ishga tushiriladi. Hozirgi kunda shaharda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 15-martdan boshlab Toshkentning 115 ta chorrahasida yo‘l transport xodisalarni maxsus foto va video kuzatuv tizimi ishga tushirilgan bo‘lib, jami 883 ta kuzatuv videokameralari o‘rnatildi. Hozirgi kunda ushbu tizimda Yo‘l harakati qoidalarining 2 turdagi buzilishini avtomatik qayd etish funksiyasi mavjud. Bular – avtotransport haydovchilarining belgilangan harakatlanish tezligini oshirishi va sfetoforning taqiqlovchi belgisida o‘tish.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.