Jarima to‘lamagan haydovchilarning avtomobili jarima maydonchasiga jo‘natiladi

© Yuriy Korsunsev / Gazeta.uzDorojnoe dvijenie v Uzbekistane
Dorojnoe dvijenie v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu chora faqat shahar chorrahalaridagi videokuzatuv kameralari tomonidan qayd etilgan qoida buzilishlariga nisbatan qo‘llaniladi

TOShKENT, 13-may — Sputnik. 16-may kunidan boshlab qoidabuzarlik bo‘yicha jarima to‘lamagan haydovchilarning avtomobillari jarima maydonchalariga jo‘natiladi, deb xabar bermoqda uz24.uz Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning so‘zlariga asoslanib.

Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda eng qoidabuzar haydovchi 9,4 mln so‘m jarimaga tortildi

Xabarda bildirilishicha, ushbu chora faqat shahar chorrahalaridagi videokuzatuv kameralari tomonidan qayd etilgan qoida buzilishlariga nisbatan qo‘llaniladi.

Qoidabuzarlik sodir etgan avtomobil egasiga jarimani to‘lashi uchun 2 oy muhlat beriladi. Ushbu muddat ichida jarimani to‘lamagan yoki jarimaga norozilik bildirmagan haydovchining avtomobili IIBB YHXB tomonidan jarima maydonchasiga yuboriladi va jarimani undirish bo‘yicha amaliy chora ko‘riladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0