O‘zbekistonda yana bir davlat qo‘mitasi tashkil etiladi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tashkil qilinadi

TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi. Farmon matni O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida keltirilgan.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘linmalariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tashkil qilinadi.

Olma terimi - Sputnik O‘zbekiston
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasida eng ko‘p yangi korxonalar yaratildi

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib o‘rmon xo‘jaligi sohasida o‘rmon boyliklarini har tomonlama kengaytirish va ulardan oqilona foydalanishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritish, o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularga rioya etilishini amaliy nazorat qilish belgilandi.

Qo‘mita shuningdek, o‘rmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni samarali boshqarishni tashkil etish, o‘rmon barpo etish, ularni qayta tiklash, qo‘riqlash, muhofaza qilish, o‘rmonlardan oqilona va tejamli foydalanish, o‘rmonlarni tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tog‘ yonbag‘irlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlari bajarilishini tashkil qilish bilan ham shug‘ullanadi.

Imzo - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev farmoni bilan yangi qo‘mita tuzildi

O‘rmonlarni yong‘inlardan, zararkunanda va kasalliklardan, noqonuniy daraxt kesishdan va boshqa o‘rmon qonunchiligi buzilishlaridan muhofaza qilish, o‘rmon xo‘jaliklarida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish, ko‘chat yetishtirish, dorivor o‘simliklar to‘plash, asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni chuqur qayta ishlash, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish ham qo‘mitaning vazifalaridan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga va tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklariga hisobot beradi.

Shu bilan birga farmonga ko‘ra, manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0