Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasida eng ko‘p yangi korxonalar yaratildi

© Sputnik / Taras Litvinenko / Mediabankka o‘tishOlma terimi
Olma terimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yil O‘zbekistonda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohalarida eng ko‘p yangi korxonalar yaratildi. Ularning umumiy soni sanoat, qurilish hamda savdo sohalarida tashkil qilingan korxonalardan bir necha bor oshib ketdi.

TOShKENT, 12 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda 2016-yilda yangi tashkil qilingan korxonalar soni bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sohasi sanoat, qurilish va savdo sohalaridan o‘zib ketdi, deyilgan Davlat Statistika qo‘mitasi hisobotida.

O‘tgan 2016-yilda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari sohasida 54445 ta korxona va tashkilotlar tashkil qilingan.

Sanoat va qurilish sohasida – 9661 ta, Savdo sohasida – 8549 ta, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida – 2840ta, transport va saqlash xizmatlari sohasida – 1666ta, boshqa faoliyatlar turlari bo‘yicha – 6675 ta yangi korxona va tashkilotlar yaratilgan.

Qishloq xo‘jaligi - Sputnik O‘zbekiston
Agrofirmalar qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshiradi

Fermer va dehqon xo‘jaliklarini hisobga olmaganda, 2017-yil 1-yanvar holatiga qishloq xo‘jaligida  faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning umumiy soni 268,4 mingtani tashkil qildi. Ulardan 218,2 mingtasi kichik tadbirkorlik subyektlaridir.

O‘zbekistonda 2016-yilda ro‘yxatga olingan korxonalar va tashkilotlar umumiy soni 83836 tani tashkil etdi. Ulardan 18623 tasi — Toshkent shahar va viloyati, 11193 tasi – Samarqand, 8120 tasi — Qashqadaryo, 7384 tasi — Andijon, 6668 tasi — Farg‘ona, 5720 tasi — Surxondaryo, 5610 tasi — Jizzax, 4539 tasi — Buxoro, 4342 tasi — Namangan, 4147 tasi —Xorazm, 2370 tasi — Sirdaryo, 2278 tasi — Navoiy viloyatlari va 2842 tasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlariga to‘g‘ri keldi.

Yangiliklar lentasi
0