Shavkat Mirziyoyev: Biz xitoylik tadbirkorlar bilan birga ishlashdan mamnunmiz

© Jason Lee/Pool Photo via APPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya peregovorov v Pekine
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya peregovorov v Pekine - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Uchrashuvda o‘zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va izchil rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z bordi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Podpisanie dokumentov vo vremya vizita Shavkata Mirziyoyeva v Kitay - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy gaz va gidroenergetika bo‘yicha kelishuvlar imzoladi

Muloqotda O‘zbekistonda XXRning yetakchi sanoat kompaniyalari bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalar yo‘lga qo‘yilgani, neft-gaz va telekommunikatsiya tarmoqlari, transport, to‘qimachilik, sayyohlik, qurilish, kimyo sanoatida va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi.

"Bu yerda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilib kelayotgan ishbilarmonlarni ko‘rayotganimdan xursandman, —dedi O‘zbekiston prezidenti. — Biz xitoylik tadbirkorlar bilan birga ishlashdan mamnunmiz".

Shavkat Mirziyoyev Xitoy biznes subyektlari O‘zbekistondagi ko‘plab yangi sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganini qayd etdi.

"Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan davlatlardan biridir. Respublikada Xitoy kapitali ishtirokidagi 700 dan ziyod kompaniya va korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yillar davomida xitoylik sarmoyadorlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga qariyb 8 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritgani barchamizni xursand qiladi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Predsedatel KNR Si Szinpin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Dastlabki natija: Pekin va Toshkent qaysi sohalarda hamkorlik qiladi

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, texnikaviy, energetika sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro savdo aylanmasi hajmini oshirishga oid masalalar xususida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston rahbari bugungi kunda O‘zbekistonda samarali faoliyat yuritayotgan xitoylik ishbilarmonlarga minnatdorlik bildirdi, aloqalarni yanada rivojlantirish tarafdori ekanligini qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi hamraisi Men Szen Chju, "COFCO" korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi Chjao Shuanlyan, Xitoy davlat taraqqiyot banki vitse-prezidenti Chjan Suguan, Xitoy Eksimbanki vitse-prezidenti Sun Pin, "Poli interneshnl" kompaniyasi bosh direktori yordamchisi Mao Szechun va boshqalar O‘zbekiston bilan hamkorlik yuqori natijalar berayotgani, bundan keyin ham o‘zaro aloqalarni davom ettirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0