TOShKENT, 12-may — Sputnik. 2017 yilning 10-may kuni Toshkent shahar IIBB "102" xizmatiga fuqarolardan jami 625 ta xabar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 27 tasi jinoyat to‘g‘risidagi xabarlardir, deb xabar qilindi guvd.uz saytida.
Toshkent shahar ichki ishlar idoralari tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida: 3 ta foxishaxona saqlash jinoyatlari hamda 3 ta giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslar aniqlanib ushlangan.
Tezkor tadbirlar natijasida avval sodir etilib fosh etilmay qolgan 7 ta jinoyatlar ham fosh qilingan.
Shuningdek, 5 ta qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy sayti o‘zbek va rus tillarida test holatida faoliyat yuritmoqda.
Fuqarolar uchun shuningdek onlayn murojaat qilish imkoni yaratilgan.
Sayt mobil qurilmalar uchun moslashtirilgan bo‘lib, 102 (hodisalar haqida xabardor qilish) va 1102 (IIVga xodimlarning noqonuniy faoliyati ustidan shikoyat qilish) raqamlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.