TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Tadbir osoyishtalik posbonlari orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning oilaviy ahvoli, muammolari bilan yaqindan tanishish maqsadida o‘tkazildi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
"Shunga qaramay, barcha profilaktika inspektorlari ham sidqidildan xizmat qilayapti, deb bo‘lmaydi. Ular orasida tamagirlik qilayotgan, jamoat joylarida spirtli ichimlik ichayotgan, jinoyatlarni yashirayotgan xodimlar ham uchrab turibdi. Aybdorlar jinoiy javobgarlikka tortilib, ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi", — deb qo‘shimcha qilgan Sobirov.
Rahbarning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolarning ariza va shikoyatlari bilan ishlashga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘layotganlar ham bor. Jumladan, Andijon tumani IIB HOOB profilaktika inspektori, kapitan Sarvar Mamirovning xizmat xonasi tekshirib ko‘rilganida, fuqarolarning o‘tgan yili yozilib, haligacha ko‘rib chiqilmagan arizalari topilgan.
Yig‘ilganlarga shaxsiy tarkib bo‘yicha maxsus inspeksiya xodimlari tomonidan tasvirga olingan "Pushaymon" nomli video film namoyish etilgan. Unda profilaktika inspektorlari, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining pora olish chog‘ida qo‘lga olingani aks etgan. Video tasvirlarda sobiq ichki ishlar organlari xodimlari o‘z qilmishlaridan astoydil pushaymon bo‘lib, ko‘z yoshlarini tiya olmay tavba-tazarru qilishgan, kechirim so‘rashgan.
Shundan so‘ng Andijon viloyati IIB faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik M. Shamshiddinov xodimlarni halol xizmat qilishga, o‘z burchini vijdonan bajarishga chaqirgan. Shamshiddinov inspektorlarning ota- onalariga esa o‘z farzandlarining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishishni, ularga oqilona maslahat berib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishni tavsiya etgan.
Tadbir yakunida viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik D. Mirzamamedov O‘zbekiston Respublikasining "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi Qonuni kuchga kirganini eslatib, barcha xodimlar uning talablariga qat’iy rioya etishlari lozimligini ta’kidlagan.