TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Jinoyatlarni ochish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari" to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi.
Bundan tashqari, tergov o‘tkazilishi shaffofligini ta’minlash uchun 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab Tergov departamenti va uning hudidiy bo‘linmalari o‘rtasida videoanjuman ko‘rinishidagi aloqa tizimi joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev militsiya faoliyatini keskin tanqid ostiga olgan edi.
Ichki ishlar vazirligining Jismoniy-yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi tarkibida "Murojaatlar7ni telefon orqali qabul qilish markazi" tashkil etildi. Markaz 1-may kunidan boshlab test rejimida ishga turishiriladi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.