Istanbul prokuraturasi Masharipov va uning xotini uchun 2397-yil qamoq jazosini so‘radi

© AA/ Istanbul terrorchisi Abdulgadir Masharipov
Istanbul terrorchisi Abdulgadir Masharipov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yil oqshomida Istanbuldagi Reina tungi klubiga uyushtirilgan va 39 kishi o‘limiga sabab bo‘lgan qurolli hujum bilan bog‘liq tergov ishlari o‘z yakuniga yetdi. Bu ishda 57 kishi ishtirok etmoqda, shulardan 51 nafari, jumladan Abdulqodir Masharipov hibsda saqlanmoqda

TOShKENT, 11-may — Sputnik. Istanbul prokuraturasi yangi yil oqshomida Reina tungi klubiga qurolli hujum uyushtirgan Abdulqodir Masharipovga 40 marotaba umrbod qamoq jazosi va 2397-yil ozodlikdan mahrum etishni so‘ragan, deb xabar qildi "Podrobno" nashri.

Masharipov konstitutsion tuzumni yo‘q qilishga harakat qilish, terrorchilik harakatini sodir etish, ko‘plab odamlarni o‘ldirish hamda qurolni noqonuniy saqlash bo‘yicha ayblanmoqda.

Abdulgadir Masharipov - Sputnik O‘zbekiston
Istanbullik terrorchi o‘ziga o‘lim jazosi so‘radi
Hozirgi kunda 57 nafar gumonlanuvchi shaxslar ushbu jinoyat ishida ishtirok etmoqda, shulardan 51 nafari hibsda saqlanmoqda.

Masharipovning turmush o‘rtog‘i Zarina Nurullayeva ham gumonlanuvchi tariqasida qo‘lga olingan bo‘lib, unga nisbatan 40 marotaba umrbod qamoq jazosi choralari hamda odam o‘ldirish aybi bo‘yicha 2003-yil qamoq jazosi berilishi so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, yangi yil kechasi Istanbuldagi Reina tungi klubida terrorchi tomonidan qurolli hujum amalga oshirilgan. Buning natijasida 39 kishi halok bo‘lgan va 69 odam jarohatlangan.

Abdulqodir Masharipov - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Istanbullik terrorchi o‘z qilmishidan pushaymon emas
Guvohlik berish jarayonida Masharipov avval Istanbul Taqsim maydonida teraktini amalga oshirish rejalashtirganligini tan olgan. Lekin ushbu maydonda politsiyachilar ko‘p bo‘lganligi va xavfsizlik choralar kuchaytirilganligi sababli Reina tungi klubiga xujum qilishga qaror qiladi. Buning oqibatida 40 kishi otib tashlangan va 70 odam yaralangan.

Masharipov bir necha xaftadan so‘ng Istanbulning Isonyurt kvartalida qo‘lga olingan. Qo‘lga olish jarayonida u istiqomat qilgan xonadonda 2 ta to‘pponcha, 197 ming dollar pul mablag‘i, dron uchish uskunasi va SIM-kartalar aniqlangan. Turkiya huquq tartibot organlari tomonidan ushbu pul mablag‘i Istanbulda amalga oshirilgan terrorchilik harakati uchun Masharipovga berilgan deb gumon qilinmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0