Istanbullik terrorchi o‘ziga o‘lim jazosi so‘radi

© REUTERS / STRINGERAbdulgadir Masharipov
Abdulgadir Masharipov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yil kechasi Istanbuldagi Reina tungi klubiga qurolli hujum uyushtirgan o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov suddan o‘ziga o‘lim jazosi berilishini so‘radi

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Istanbuldagi Reina tungi klubiga qurolli hujum uyushtirgan o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov suddan o‘ziga o‘lim jazosi berilishini so‘radi, deb xabar qilmoqda Sputnik Turkiya.

Abdulqodir Masharipov - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Masharipov O‘zbekistonni 6-yil avval tark etgan
Nashrga ko‘ra, Masharipov Istanbulda terakt uyushtirish topshirig‘ini avval biror marta uchrashmagan Abu Jihod ismli shaxsdan olganini tan olgan. Mana shu shaxs kuryer orqali Masharipov yashaydigan xonadonga oltita o‘qdoni o‘q to‘la avtomat va uchta granatani yetkazib bergan. "Men "Islom davlati" uyushmasi a’zosiman, mening maqsadim nasroniylarni o‘ldirish edi. Abu Jihod ular Taqsim maydonida to‘planishadi deb aytdi", — degan Masharipov.

Ammo 31-dekabr kuni Taqsimda politsiyachilar soni ko‘p bo‘lgani uchun Masharipov Abu Jihod bilan kelishgan holda hujum rejasini o‘zgartiradi va bu safar Reina tungi klubiga qaror qilishadi.

"Men odamlarga qarata o‘t ochdim, keyin ikkita granatani uloqtirdim. Yana bitta granatani boshim uzra ushlagan holda portlatdim, ammo u shovqin ko‘taruvchi bo‘lib chiqdi va shu bois men o‘lmadim. Meni o‘lim jazosiga hukm qilishsa yaxshi bo‘lardi, chunki men klubga o‘lish uchun borgan edim", — degan Masharipov. Ammo Turkiyada o‘lim jazosi bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 34 yashar Abdulqodir Masharipov 1-yanvarga o‘tar kechasi Reina tungi klubiga qurolli hujum qilib, 39 kishini otib tashlagan va yana 69 odamni yaralagan edi.

Yangiliklar lentasi
0