TOShKENT, 9-maya – Sputnik. 9-May bayrmi O‘zbekistonda 18-yildan beri Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadi. Bu yilgi bayram tantanalari “Qahramonlik, burch va fidokorlik” hamda “Avlodlar xotirasi – muqaddas” shiori ostida o‘tadi.
Bayram tadbirlari ishtirokchilari Toshkentdagi “Birodarlar qabri” xotira majmuasida to‘planib, “Motamsaro ona” haykali va “Abadiy olov” yodgorliklariga gul qo‘yishadi va urush faxriylarini tabriklashadi. O‘zbekiston harbiy oliy o‘quv yurtlari kursantlari safda qurol bilan yurish ko‘nikmalarini namoyish qilishadi, harbiy marshlar jaranglaydi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi “Birodarlar qabri” xotira majmuasi 1975-yilda harbiy gospital o‘rnida qurilgan. Ushbu gospitalda Urush yillarida 1500 ga yaqin sovet askar va ofitserlari, janglarda olgan jarohatlari tufayli, vafot etgan.
O‘zbekiston OAVlari xabariga ko‘ra, 9-May kuni rasmiy tadbirlar Toshkentdagi Maxmud Mirzoyev nomli Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshirish instituti hududida bo‘lib o‘tadi. Bu yerda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev urush va mehnat faxriylari bilan uchrashadi. Viloyatlarda yashayotgan faxriylarga temiryo‘l yoki avtomobil transportida tadbirga kelish imkoni yaratiladi. Ular bepul mehmonxona va ovqat bilan ta’minlanadi.
Bayramning eng tantanali qismida Respublika rahbariyati, rasmiy delegatsiyalar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etadi. Ular Mustaqillik maydonidagi “Motamsaro ona” haykaliga gul qo‘yishadi. Shundan keyin ular “Birodarlar qabri” majmuasida to‘planganlarga qo‘shilishi mumkin.
9 May kuni Toshkent ko‘chalari Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan plakatlar bilan bezatilgan. O‘tgan yillardan farqli ravishda bu yilgi bayram tadbirlarida ko‘proq Ikkinchi jahon urushi yillari timsollaridan foydalaniladi. Toshkenta va boshqa shaharlarda stiker va 9-may timsollari, O‘zbekiston bayroqlari bepul tarqatish puntlari ochilgan.
Kechqurun barcha bayram mushakbozligini tomosha qiladi.
Eslatib o‘tmiz, bu yilgi 9-may bayrami arafasida O‘zbekiston faxriylariga 2 million so‘mlik pul mukofoti topshirilgan edi. Undan tashqari fayriylarga navbatsiz avtomobil sotib olish imtiyozi berilgan. Uy-joylari xaroba ahvolga kelib qolgan faxriylarning uylari ta’mirlandi. O‘z uylariga ega bo‘lmagan veteranlarga yangiy uy berilishi haqidagi sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, odatga ko‘ra, 9-May bayrami kuni faxriylarga tibbiy va maishiy texnika sovg‘alari topshirilishi kutilmoqda.
Ikkinchi Jahon urushida O‘zbekistondan 1,5 million kishi ishtirok etgan. Ulardan 530 ming nfari uyiga qaytmagan. Urush yillar Respublika hududida 15 ta diviziya va brigada tashkil qilingan. Urush yillarida 120 ming o‘zbekistonliklar orden va medallar sohibi bo‘lishgan, 338 nafar o‘zbekistonlik eng oliy mukofot – Sovet Ittifoqi qahramoni bo‘lgan, 82 nafar askar va zobitlar – Shuhrat ordening to‘liq kavaleri bo‘lgan.
Undan tashqari, front ortida O‘zbekiston 1,5 million evauatsiya qilingan kishilarni ochlikdan saqlab qolgan. Ulardan 300 mingi – Leningrad, Polsha va Ukrainalik qarovsiz qolgan bolalar bo‘lgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 1615 nafar Ikkinchi Jahon urushi faxriysi hayot.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.