Navoiylik urush qatnashchilariga prezident tabrigi va sovg‘alar yetkazildi

© navoiy.uzV Navoi veteranov pozdravili s dnem Pobedi
V Navoi veteranov pozdravili s dnem Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navoiy shahar hokimi U. Xalilov Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev yo‘llagan tabrikni o‘qib eshittirdi

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Navoiy shahrida yashayotgan urush qatnashchilari, front faxriylariga Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 72-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy tabrigi hamda qimmatbaho sovg‘alar Navoiy viloyati hokimi Q. Tursunov tomonidan topshirildi. Bu haqda Navoiy shahri hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Navoiy shahar hokimi, "Nuroniy" jamg‘armasi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi vakillari, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, bir guruh o‘quvchi yoshlar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining xonadonlariga borib, ularni Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladilar.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga avtomobillar tantanali topshirilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga avtomobillar tantanali ravishda topshirildi

Navoiy shahar hokimi U. Xalilov Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev yo‘llagan tabrikni o‘qib eshittirdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga asosan joriy yilda 9-may umumxalq bayrami — Xotira va Qadrlash kuni tadbirlari "Qahramonlik, burch va fidoyilik" hamda "Ajdodlarni xotirlash — muqaddas qadriyat" shiorlari ostida o‘tkaziladi.

Viloyat, shahar va tumanlarning ko‘cha va maydonlari Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan plakat va stendlar bilan bezatiladi. Bayram dasturxonlari tuzaladi, Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi, jumladan, urush yillari qo‘shiq va musiqalari qo‘yiladi.

Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining oila a’zolariga moddiy, ma’naviy va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatiladi hamda ushbu toifadagi shaxslarning yashash joyiga rahbarlarning tashrifi tashkillashtiriladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0