Eksklyuziv: Ilhom Jabborov "Motamsaro ona" timsolida kimni tasvirlagan edi?

© Nicola e PinaMotamsaro ona haykali, Toshkent
Motamsaro ona haykali, Toshkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Prezident "Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambar qo‘ydi" yoki haykal poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi, degan xabarlarga bot-bot ko‘zingiz tushadi. Internet sahifalarida "Mangu motam tutishga mahkum ona - "Motamsaro ona" degan fikrlar ham uchrab qoladi. Aslida, bu Ona - kim?

TOShKENT, 9-may — Sputnik. Motamsaro ona haykali timsolini haykaltarosh kimdan namuna olib yaratgan ekan, degan masala sizni hech qiynaganmi? Men bu borada o‘zimga juda ko‘p savol berganman.

"O‘zbek onasi timsolini yaratgan Ilhom Jabborov kimdan namuna ko‘chirgan edi? Obrazni yaratayotgan ijodkor o‘z oldiga qanday maqsad qo‘ygan edi?" kabi savollarni…

Pamatnik semye Shamaxmudovix - Sputnik O‘zbekiston
Shomahmudovlar oilasidan kimlar hayot? Mashhur xonadondan reportaj
Oldindan aytib qo‘yishim kerak, kuni kecha, "Shomahmudovlar oilasidan kimlar hayot" materialini tayyorlash chog‘ida, jurnalist Fozil Farhoddan eshitgan navbatdagi hikoya tufayli men bugun sizlarga Ilhom Jabborov bilan bo‘lgan qisqa suhbatni havola etapman.

"Yaqinda "Tahlilnoma"da bir lavha tayyorladik — urushga ketib, Germaniyada qolib ketgan Usmonjon Sodiqov haqida, — deb qoldi suhbatimiz davomida Fozil. — Sharh tayyorlash uchun Usmonjon akaning jiyanlarining uyiga bordik. Ayol buvisi Usmon akani bir umr kutganini aytdi. O‘g‘lim keladi, deb hatto qoraxat kelganiga qaramay, ayol kutishdan to‘xtamagan ekan…". Fozil Usmon akaning onalari rasmi borligini, rasmda mushtipar ona xuddi "Motamsaro ona"dek, qo‘llarini tizzasiga qo‘yib, kutib o‘tirgani aks ettirilganini qo‘shimcha qildi.

…Ilhom Jabborovga qo‘ng‘iroq qilib tushish oson ish emas, deb ogohlantirishganlariga qaramay, haykaltarosh raqamini terdim. Go‘shakni Ilhom Jabborovning o‘zlari ko‘tardilar.

Salom-alikdan so‘ng: "Aytingchi, "Motamsaro ona" haykalini kimdan namuna olib yasagansiz? Yoki bu obrazni yaratish chog‘ida onalar haqida materiallarni o‘rgangandirsiz?", — deya savol berdim.

O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimovga haykal yasash tanlovida Ilhom Jabborov g‘olib bo‘ldi
Haykaltarosh javob avvalida ona to‘g‘risida material o‘rganishning keragi yo‘qligini, ona timsolining o‘zi tayyor material ekanini ta’kidladilar.

So‘ng, "Men o‘zimning onamdan namuna olganman, boshqacha bo‘lishi mumkin ham emasdi… Onam menga o‘xshagan farzanddan o‘ntasini dunyoga keltirgan. Hammamizni urushdan oldingi qiyinchilik paytlarida oyoqqa turg‘azgan. To‘ng‘ich farzandini 16-17 yoshida urushga olib ketishgan. U bedarak ketgan. Shunaqa…", — deya hikoya qildi haykaltarosh.

Va ona to‘g‘risida yozish oson ish emasligini qo‘shimcha qildilar.

"Ko‘p narsalar chiqqan bo‘lsa keragu, lekin ona to‘g‘risida yozish juda qiyin…", deb, kutilmaganda mendan farzandim bor-yo‘qligi haqida so‘radilar.

Ikki farzandning onasi ekanligimni aytdim.

Urush faxriylari - Sputnik O‘zbekiston
Bu yilgi 9-May - avvalgilariga o‘xshamas
"Ana, ertalabdan kechgacha, "Qayerda ekan? Nima qildi ekan?", deb, hatto hozirgi tinchlik zamonida ham kutib o‘tirasiz, yuragingizni changallab, to‘g‘rimi?", savol berdi menga Ilhom aka.

Albatta, shunday. (Onalar meni tushunadi.)

"Bu ona — faqat urushdagi farzandini kutgan onamas, bu ona — umumiy ONA obrazining yig‘indisi. Hayot davom etaptiki — ona o‘z farzandini kutgan. Ko‘chada o‘ynab yurgan bo‘lsa ham kutib o‘tirgan, yoki ishga ketsa ham kutgan. Farzandi armiyaga ketsa ham kutgan, institutga ketsa ham kutib o‘tirgan. Ona faqat kutadi! Masalan, meni 50 yoshimda ham "Ilhom qayerda ekan? Nima bo‘ldi ekan", deb kutib o‘tirardi. O‘sha obraz bu", — deb suhbatga yakun yasadi Ilhom Jabborov.

…Urush davrida o‘z farzandlariga ham ona, ham ota bo‘lgan — Ona timsolini yaratish ham oson kechmaganiga ishonchim komil.

"Millat kelajagi onalar qo‘lida", degan gap bejizga aytilmagan. Bugungi yutuqlarimiz uchun ojizaligiga qaramay, o‘zini fido qilishdan qo‘rqmagan, mushtipar ONAlarimiz oldida ham bosh egamiz.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0