Bu yilgi 9-May - avvalgilariga o‘xshamas

© podrobno.uzUrush faxriylari
Urush faxriylari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
bu yil Ikkinchi jahon urushi veteranlari foto va tele kameralar oldida nafaqat O‘zbekiston mukofotlari, balkim barcha jangovar medal va ordenlari bilan, ko‘kraklarini to‘ldirib suratga tushmoqdalar.

TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekiston 9-Mayni — G‘alaba kunini kutib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘zbekistonda ushbu bayram 1999-yildan boshlab Xotira va qadrlash kuni deb ataladi.

1941 yilda aholisi olti millionni tashkil qilgan Respublikadan 1,4 mln kishi vatan himoyasiga yo‘l olgan va ulardan 530 mingi uyiga qaytmagan. Undan tashqari o‘sha og‘ir yillarda O‘zbekiston Sovet Ittifoqining urush bo‘layotgan hududlaridan yuz minglab yetim bolalarni, uy-joysiz qolgan oilalarni kutib olib, o‘z nonini ular bilan baham ko‘rgan.

Marsh avtokolonni posvashenniy 9-Maya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent ko‘chalarida urush davri mashinalari kolonna bo‘lib o‘tdi

Ushbu matonatli yillarda O‘zbekiston xalqi ko‘rsatgan bag‘ri kenglik va mehribonlik  tillarda doston bo‘ldi — desak adashmaymiz.

Bugungi kunda Respublikada Urush qahramonlaridan bor-yo‘g‘i 1615 kishi qolgan. Bu yil ularning har biri 2 million so‘mlik mukofot bilan taqdirlandi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu mukofot miqdori — 800 ming so‘m edi.

Ushdan tashqari, bu yil Urush faxriylari bilan bog‘liq yana bir katta o‘zgarish sezilmoqda: Ikkinchi jahon urushi veteranlari foto va tele kameralar oldida, nafaqat O‘zbekiston mukofotlari, balkim, barcha jangovar medal va ordenlari bilan, ko‘kraklarini to‘ldirib suratga tushmoqdalar.

Xo‘sh, oldingi yillarda mukofotlarni taqishga ularga nima xalal bergan ekan?

O‘zbekistonda 1615 nafar veteran qolgan

"Ikki yil oldin shunday voqeaning guvohi bo‘lgan edim. Taniqli veteranga fotojurnalistlar nashrda chop etish uchun, Sovet davrida berilgan mukofotlarini yechib suratga tushishni taklif qilishganda, urush faxriysi bundan g‘azablanib, keskin rad javobini bergan edi",  - deb yozadi jurnalist.

Shundan keyin veteran yosh jurnalistlarga o‘z mukofotlari tarixini so‘zlab beradi. Har bir mukofot bu oddiy temir bezak emas, uning ortida misli ko‘rimagan qahramonlik bor.

"Tasavvur qilinglar-a, o‘nta pichoq bilan qurollangan bosqinchi hujum qilmoqda. Sizlar bir yoki ikki kishi bo‘lib ularga qarshi chiqa olasizlarmi?", — deb so‘ragan ekan veteran jurnalistlardan.

Jurnalistlar jimib qolgan.

Veteran iz Buxari Gamik Zakiyev - Sputnik O‘zbekiston
Putin imzolagan “Qizil yulduz” ordeni buxorolik veteranga topshirildi

"Men esa, o‘zimning kam soni jangchilarim bilan muhim tepalikni uch kun davomida himoya qilganman. Bizga qarshi yuzlab frislar, artilleriya hatto tanklarni ham yuborishgan. Jang so‘nggida butun tepalik fashistlar jasadiga to‘lib ketgan edi. Biznikilarning ham deyarli hammasi qurbon bo‘ldi — men uchun medalning bahosi mana shunday", — deb so‘zini yakunlagan oqsoqol.

Shundan keyin ham undan medallarini yechishni so‘ragan jurnalistlarni, veteran uyidan haydab chiqargan ekan.

"Hozir kim va nima sababdan Sovet davrida berilgan orden va medallarni yechishga majbur qilganini hech kim ayta olmaydi, lekin afsuski, bizda shunday sharmandali amalot bo‘lgan…",- deb xulosa qiladi  jurnalist.

O‘tgan yillarda OAVlar faoliyatida veteranlar bilan bog‘liq yana bir qiziq "holat" kuzatilgan. Televizorda yoki gazetaga intervyu bergan veterandan urush haqida, qahramonlik haqida hech narsa so‘ralmagan, faqat uning urushdan keyingi faoliyati va "bugungi baxtiyor hayoti" haqida so‘z yuritilgan.  

Ikkinchi jahon urushi yillaridagi o‘tmishi — bu uyatli o‘tmish emas! Aksincha, o‘sha  yillarda  O‘zbekiston xalqi — qahramonlik, bag‘rikenglik, va mehribonlik namunasini ko‘rsatgan. Bunday o‘tmishdan ko‘z yumish — katta xato va aqlsizlikdir.

Agar urush faxriylarining jangdagi matonati va qahramoligi ularning jonli misolida yoritilmasa, yoshlarni qanday qilib  Vatanga muhabbat va Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin?

Podrobno.uz maqolasi asosida. 

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0