Kamilov: Yaponiya O‘zbekistonning sinalgan do‘sti va ishonchli hamkoriga aylandi

© U.S. DEPARTMENT OF DEFENSEAbdulaziz Kamilov, O‘zbekiston TIV rahbari
Abdulaziz Kamilov, O‘zbekiston TIV rahbari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar rahbari Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan Yaponiya TIV rahbari Fumio Kisidaga maktub yo‘lladi

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Yaponiya Tashqi ishlar vaziriga yo‘llangan maktub matni O‘zbekiston TIV rasmiy saytida e’lon qilingan.

Quyida maktubni e’tiboringizga havola qilamiz.

"Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida Janobi Oliylariga

O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25-yilligi bilan chin dildan tabriklashga ijozat bergaysiz.

Uzbekiston xavo yullari aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Yaponiya orasida charter parvozlari ochiladi
Mamnuniyat bilan ta’kidlashni xohlardimki, o‘tgan davr mobaynida mamlakatlarimiz o‘rtasida ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning barcha jabhalari bo‘yicha 2002-yilda qabul qilingan Do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot ruhida ochiq va samarali siyosiy muloqot o‘rnatildi.

2015-yilning oktabr oyida Yaponiya Bosh vaziri janob Sindzo Abening O‘zbekistonga rasmiy tashrifining muvaffaqiyatli o‘tishi O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarining yuqori darajada ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi hamda savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsion, ilmiy-texnologik va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni bundan buyon ham rivojlantirishga yangi sur’at baxsh etdi.

Mamlakatimiz iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini modernizatsiya qilishda, ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirishda, energetika, infratuzilma, telekommunikatsiya va boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirishda Yaponiya tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamni yuqori baholaymiz.

Madaniy-gumanitar sohadagi aloqalar izchil rivojlanmoqda va mustahkamlanmoqda. O‘zbekiston tomoni hamkorlikni, ayniqsa ta’lim, sog‘liqni saqlash va turizm sohalarida aloqalarni kengaytirishga qiziqish bildiradi.
Bugun qat’iy ishonch bilan aytish mumkinki, Yaponiya O‘zbekistonning sinalgan do‘sti va ishonchli hamkoriga aylandi.

Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Yaponiya 8 milliard dollarlik loyiha ustida ish olib bormoqda
Samimiyat bilan umid qilamanki, bizning o‘zaro sa’y-harakatimiz bilan O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona munosabatlar va startegik sheriklik ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida bundan keyin ham har tomonlama rivojlanadi.

Janob Kisida, yuksak ehtiromimni va Sizning mas’uliyatli faoliyatingizda eng samimiy tilaklarimni qabul etgaysiz.

Hurmat bilan, Abdulaziz Kamilov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri".

Yangiliklar lentasi
0