TOShKENT, 7-may — Sputnik. Yashnobod tumani hokimiyatida ma’muriyat vakillari va faollar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish vaqtida mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tumandagi ayanchli vaziyat haqida so‘zladi.
Bunday vaziyat ayniqsa prezidentning kutilmagan tashrifi amalga oshirilgan 32-oilaviy poliklinikaga taalluqli ekani qayd etildi.
Prezident poliklinika hovlisini yovvoyi o‘tlar bosib ketganini va oddiy sanitar-gigiyenik normalarga rioya qilinmaganini ta’kidlab o‘tgan.
"Kun.uz" o‘z manbasiga tayanib ma’lumot berishicha, tuman hokimiga ushbu poliklinika bosh shifokorini ishdan olishga va tumandagi barcha tibbiyot muassasalarini tartibga keltirishga ko‘rsatma berilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.