O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimi tubdan yaxshilanadi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishBatareya v podyezde jilogo doma
Batareya v podyezde jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qaror ijro etilishi natijasida shahar va tuman markazlarida issiqlik ta’minoti tizimini tubdan yaxshilash, iste’molchilarni issiqlik energiyasi va issiq suv ta’minoti bilan ta’minlash hamda tabiiy gaz va elektr energiyasini tejash imkoni yuzaga keladi

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "2018-2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida"gi qarorga imzo chekdi. Qaror matni O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida keltirilgan.

Hujjatda aytilishicha, bugungi kunda qozonxona uskunalari va tarmoqlarning o‘ta eskirgani sababli, mavjud issiqlik ta’minoti tizimida issiqlik manbalaridan maqbul darajada foydalanishning imkoni bo‘lmayapti, bu esa issiqlik ta’minoti korxonalari faoliyatiga, iste’molchilarni issiqlik xizmati va issiq suv bilan ta’minlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Isitish radiatori - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandning qator hududlarida issiqlik ta’minoti qayta tiklanadi

Markazlashtirilgan issiqlik ta’minotidan uzilgan ayrim ko‘p xonadonli uylar ko‘pincha sertifikatga ega bo‘lmagan va yong‘in xavfsizligi kafolatlanmagan gaz va elektr uskunalari bilan isitilmoqda.

Mazkur dastur iste’molchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berish sifatini oshirish va uzluksizligini ta’minlash, issiqlik ta’minoti tizimini zamonaviy tejamkor va kam energiya sarflaydigan texnologiyalarni joriy etish asosida yangilash va modernizatsiya qilish, yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanishga doir chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish maqsadida qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, issiqlik ta’minoti tizimiga energiya va resurs tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni, jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda joriy etiladi. Shuningdek, ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ijtimoiy va boshqa obyektlarning markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimini energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan mahalliy qozonxonalar qurish, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik ta’minot tizimini o‘rnatish orqali rivojlantiriladi.

Issitish batareyasi - Sputnik O‘zbekiston
Issiqlik manbai korxonalari viloyat hokimiyati ixtiyoriga o‘tkaziladi

Dastur doirasida jismoniy va ma’naviy eskirgan, tejamkor bo‘lmagan qozonxona agregatlarini, ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilinib, almashtiriladi.

Energiya resurslari iste’moli va ishlab chiqarilishini meyor bo‘yicha hisoblash amalda qo‘llanilib, iste’molchilarni hamda issiqlik ta’minoti xizmatlarini hisoblash va to‘lovlarni amalga oshirishga avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi joriy qilinadi.

Qarorda 2018-2022 yillarda markaziy qozonxona, issiqlik tarmoqlari, mahalliy qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan, jumladan, gelioqurilmalarni qo‘llash orqali mahalliy qozonxonalar qurish, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik ta’minoti tizimini o‘rnatish parametrlari, shuningdek, issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari tasdiqlandi.

Kompleks chora-tadbirlarda ko‘zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Davlat budjeti, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining o‘z mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, pudrat tashkilotlari mablag‘lari va Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1,7 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

2018 yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekistonda energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan mahalliy qozonxonalar, xonadonlarga yakka tartibda o‘rnatiladigan ichki issiqlik ta’minoti tizimlari ishlab chiqarishni tashkil qilish hamda ularni Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish nazarda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev virtual qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashkil etilishi mumkin

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Ko‘p xonadonli uylar va issiqlik ta’minoti obyektlari qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi — dastur doirasida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra, dasturni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar 2023-yilning 1-yanvariga qadar bojxona to‘lovlari to‘lashda (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilindi.

Mazkur qarorning ijro etilishi shahar va tuman markazlarida issiqlik ta’minoti tizimini tubdan yaxshilash, aholi uchun ijtimoiy-maishiy qulay sharoitlar yaratish, barcha toifadagi iste’molchilarni issiqlik energiyasi va issiq suv ta’minoti bilan ta’minlash hamda samaradorligi yuqori bo‘lgan qozonxona va nasos uskunalarini o‘rnatish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash hisobidan tabiiy gaz va elektr energiyasini tejash imkonini beradi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0