TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 4-yanvardagi Farmoniga asosan Davletov Ruslanbek Quroltayevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi rasmiy sayti xabar berdi.
Shu munosabat bilan u Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.