Toshkentning har bir tumanida Prezident Xalq qabulxonalari ishga tushdi

© uz24.uzNarodnaya priyemnaya
Narodnaya priyemnaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qabulxonalar dushanba – juma kunlari 09:00 dan 18:00 gacha ishlaydi.

TOShKENT, 18 mar – Sputnik. Toshkent shahrining barcha tumanlarida Xalq qabulxonalari ishga tushdi, deb xabar qilmoqda shahar hokimiyati.

“Hurmatli hamshaharlar! Aholi uzog‘ini yaqin qilish, ularning murojaatlari bilan tanishib, muammolarining yechimini hal etish maqsadida, Toshkent shahrida va poytaxtimizning 11 ta tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etildi”, — deyilgan xabarda.

Prezidentining Toshkent shahridagi va tumanlardagi Xalq qabulxonalari dushanba-juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha ishlaydi. Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 14-uy manzilida joylashgan.

Toshkent shahri tumanlarida faoliyat yuritayotgan Xalq qabulxonalari manzillari:

Bektemir tumani – Husayn Boyqaro shoh ko‘chasi, 2-uy.
Mirobod tumani – Nukus ko‘chasi, 18-uy.
Mirzo Ulug‘bek tumani – Qalandar ko‘chasi, 2-uy.
Sergeli tumani – Sergeli 3-dahasi, Obihayot ko‘chasi, 3a-uy.
Olmazor tumani – Talabalar ko‘chasi, 54-uy.
Uchtepa tumani – Chilonzor 26-mavze, 1 B-uy.
Shayxontohur tumani – To‘raqo‘rg‘on ko‘chasi, 1a-uy.
Chilonzor tumani – Chilonzor 2-mavze, Arnasoy ko‘chasi, 32-uy.
Yunusobod tumani – Osiyo ko‘chasi, 4a-uy.
Yakkasaroy tumani – Shota Rustaveli ko‘chasi, 85-uy.
Yashnobod tumani – Aviasozlar ko‘chasi, 7a-uy.

Yangiliklar lentasi
0