TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Camarqand viloyatiga bo‘lgan tashrifi davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil qilinishi rejalashtirilgan maishiy texnika ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.
"Urgut" erkin iqtisodiy zonasi hududida O‘zeltexsanoat va Ideal Elektro Lyuks kompaniyalari Turkiyaning Odul kompaniyasi bilan birgalikda umumiy qiymati 7 million so‘m bo‘lgan loyihani amalga oshirmoqda. Loyiha gaz plitalari, elektr duxovkalar va kir yuvish mashinalari ishlab chiqarishni ko‘zda tutgan.
Shuningdek, ushbu hududda Coven Elektro kompaniyasi zamonaviy changutgichlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Korxona yiliga 30 mingta changutgich ishlab chiqarishga qaror qilgan.
Istiqbolli loyihalar bilan tanishar ekan, "Aholining maishiy texnika bilan ta’minlanish darajasi, hayot darajasi ko‘rsatkichlaridan biridir", — dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev mahalliy ishlab chiqaruvchilarga mahsulotlarni eksport qilish va "O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan" degan brendni dunyo bozorida targ‘ib qilishni topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 12-yanvarida O‘zbekiston prezidenti qaroriga binoan respublikada "Urgut", "G‘ijduvon", "Qo‘qon" va "Xazorasp" erkin iqtisodiy hududlari tashkil qilingan edi.