YuNISEF O‘zbekistonda bolalar uchun odil sudlov ta’minlashga chorladi

© unicef.uzBMT Bola huquqlari qo‘mitasi vitse-prezidenti, sudya Renate Vinter
BMT Bola huquqlari qo‘mitasi vitse-prezidenti, sudya Renate Vinter - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT Bola huquqlari qo‘mitasi vitse-prezidenti - sudya Renate Vinter odam savdosi va bolalar pornografiyasidan jabr ko‘rgan bolalar huquqlarini himoya qilishga chorladi

TOShKENT, 5-may-Sputnik. BMT Bola huquqlari qo‘mitasi vitse-prezidenti, sudya Renate Vinter ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi mutaxassislari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot-xizmati xabar berdi.

Kompyuter xavfsizligi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bolalarni zararli axborotlardan himoya qiladigan yangi qonun ishlab chiqilmoqda
Davra suhbatida parlament a’zolari, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz va vazirliklarning vakillari, huquq-tartibot organlari, viloyat rahbarlari, shuningdek nodavlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Ma’ruza BMT Bola huquqlari qo‘mitasining O‘zbekistonda taqdim etgan tavsiyalari hamda ularni amalga oshirish strategiyasiga bag‘ishlandi. Xususan, sudya Renate Vinter qurolli nizolardagi bolalar hamda odam savdosi va bolalar pornografiyasidan jabr ko‘rgan bolalar huquqlarini ta’minlash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishning ahamiyatiga alohida urg‘u berdi. Shuningdek, u bolalarni oliy manfaatlarini doimiy ravishda e’tiborga olinishini ta’minlaydigan yuvenel adliya tizimini rivojlantirish masalalari hususida so‘zladi.

O‘zbekiston bolalari - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar va jinoyatchilik: Prezident ko‘targan muammoga yechim qidirib...
Sudya Renate Vinter Bolalar Huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning asosiy tamoyillari, ya’ni "bolalarni oliy manfaatlari", "diskriminatsiya qilmaslik", "bolalarni o‘z fikri e’tiborga olinishi huquqi" hamda "yashash va rivojlantirish huquqi" kabilarni izohladi. "Adliya tizimida qonunlarni mazkur tamoyillar asosida talqin qilish, ayniqsa, bolaning oliy manfaatlarini aniqlashga harakat qiluvchi prokurorlar, advokatlar va sudyalar bo‘lishi lozim", — deb ta’kidladi sudya Renate Vinter.

Sudya Renate Vinter mazkur tizimni kuchaytirish uchun prokurorlar, advokatlar va sudalarni tayyorlash, ularning ixtisoslashuvini ta’minlash hamda ular o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi. "Bu adliya tizimidan chiqarish choralari va ozodlikdan mahrum qilishning o‘rnini bosuvchi alternativ choralar, jumladan, jamoatchilik ishi, mediatsiya, probatsiya (sinov) va maslahat berish kabi choralarni tadbiq etishga e’tibor qaratuvchi yondoshuvga etaklashi lozim," — dedi sudya Renate Vinter.

Davra suhbatining yakuniy bosqichida ishtirokchilar alohida e’tibor va puxta mushohadani talab etuvchi qator masalalar tilga olinganligini ta’kidladilar. Shuningdek, sudya Renate Vinter ham tinglovchilarni ushbu masalalarni hamkasblari bo‘lmish advokatlar, prokurorlar va sudyalarga yetkazishga, Bolalar huquqlari to‘g‘risida konversiya tadbiq etilishini jadallashitirish uchun asosiy tamoyillar bo‘yicha yanada ko‘proq bilim egallashga chorladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0