Osiyo chempionati: o‘zbek bokschilari yetakchi

© Federatsiya boksa UzbekistanaBoks bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kuni
Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kuni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida birinchi yo‘qotishni boshdan kechirdi. Shunga qaramay, o‘zbekistonlik 10 bokschidan 9 nafari musobaqaning yarim finaliga chiqdi. Yarim final 5-may kuni o‘tkaziladi

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Joriy yil 30-aprel — 7-may kunlari o‘tkazilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 9 nafar o‘zbekistonlik bokschilari yarim final baxslarida ringa ko‘tariladilar. Bu haqda respublika Boks Federatsiyasi ma’lum qildi.

Murodjon Axmadaliyev, bokser - Sputnik O‘zbekiston
Bugun to‘rt nafar o‘zbek bokschisi Osiyo chempionati bahslarida ringga chiqadi
3 may kuni musobaqaning 40 ta chorak final bellashuvlari o‘tkazildi. Hasanboy Do‘smatov (vazni 49 kg gacha) Qozog‘istonlik Yerjon Jomarta ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Jasurbek Latipov esa (vazni 52 kg gacha) xindistonlik Bishta Kavindara Sinxa ustidan ham shunday hisobda mag‘lub etdi. Murodjon Axmadaliyev (vazni 56 kg gacha) butanlik Nim Dorjini texnik nokautga uchratdi.

Elnur Abduraimov (vazni 60 kg gacha) ikkinchi raunda texnik nokaut bilan indoneziyalik Farrand Papendang ustidan g‘alaba qozondi. Iqbol Xoldorov (vazni 64 kg gacha) ikkinchi raunda texnik nokaut bilan tayvaniyalik Xung-Minga Pana ustidan g‘alaba qozondi. Shaxram G‘iyosov (vazni 69 kg gacha) janubiy koreyalik Li Sonxe uchinchi raunda nokaut bilan mag‘lub etdi.

Isroil Madraimov (vazni 75 kg gacha) fillipinlik Yumilom Marsiala ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bektemir Melikuziyev (vazni 81 kg gacha) huddi shunday hisobda tojikistonlik Shabos Negmatullayev ustidan g‘alaba qozondi. Baxodir Jalolov (vazni 91 kg gacha) ikkinchi raunda janubiy koreyalik Kim Duyenni nokautga uchratdi.

Zavershilsya Mejdunarodniy turnir po boksu Yantarnie perchatki - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Osiyoning eng kuchli bokschilari aniqlanadi
Faqatgina Sanjar Tursunov (vazni 91 kg gacha) chorak finalda qozog‘istonlik Vasiliy Levitga shiddatli bellashuvda mag‘lubiyatga uchrab, yo‘llanmani kirita olmadi. Bugun musobaqada dam olish kuni, ertaga, 5-may kuni yarim final bellashuvlari o‘tkaziladi.

Hasanboy Do‘smatov — Amit (Hindiston), Jasurbek Latipov — Azamat Issakulov (Qozog‘iston), Murodjon Ahmadaliyev — Younhun Han (Janubiy Koreya), Elnur Abduraimov — Jun Shan (Xitoy), Iqboljon Xoldorov — Bekdavlat Ibragimov (Qozog‘iston), Shaxram G‘iyosov — Sajjad Kozimzodaposhtiri (Eron), Isroil Madrimov — Abilxan Amankul (Qozog‘iston), Bektemir Meliqo‘ziyev — Jabin Huan (Xitoy), Bahodir Jalolov — Muhammad Mulayes (Suriya) qarshi ringa chiqishadi.

Osiyo chempionatida Osiyo boks konfederatsiya (ASBC) 29 ta davlatdan 200 nafar bokschilar ishtirok etadi.

Musobaqada 10 komplekt medallar va 60 ta litsenziyalar o‘ynaladi. Shunday qilib, har bir vazn toifasidan 6 nafar eng yaxshi charm qo‘lqop ustalari Germaniyada (Gamburg) 23-avgust- 4-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan 2017-yil — Jahon chempionatida ishtirok etish uchun tanlab olinadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0