Bugun to‘rt nafar o‘zbek bokschisi Osiyo chempionati bahslarida ringga chiqadi

© olympic.uzMurodjon Axmadaliyev, bokser
Murodjon Axmadaliyev, bokser - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha bo‘lib o‘tgan janglarda O‘zbekistonning 5 nafar bokschisi ringga ko‘tarilib, ularning barchasi raqiblarini mag‘lub etishdi

TOShKENT, 2-may — Sputnik. Toshkentdagi "O‘zbekiston" universal sport majmuasida boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun chempionat doirasida 35ta jang o‘tkaziladi. Shulardan to‘rttasida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ringga ko‘tarilishadi.

Zavershilsya Mejdunarodniy turnir po boksu Yantarnie perchatki - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Osiyoning eng kuchli bokschilari aniqlanadi

Bugun Elnur Abduraimov filippinlik Palikte Jeymsga, Shahram G‘iyosov iordaniyalik Eshash Ziyodga, Bektemir Meliqo‘ziyev eronlik Ziyodiy Aminga va Jasurbek Latipov qozog‘istonlik Ozod Usenaliyevga qarshi ringga chiqadi.

Kecha bo‘lib o‘tgan janglarda O‘zbekistonning 5 nafar bokschisi ringga ko‘tarilib, ularning barchasi raqiblarini mag‘lub etishdi. Murodjon Ahmadaliyev, Iqboljon Xoldorov, Hasanboy Do‘smatov, Isroil Madrimov va Sanjar Tursunovlar raqiblaridan ustun kelishdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0