TOShKENT, 3-may — Sputnik, Ivan Bulatov. Xitoy tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi tezurar poyezd soatiga 400 kilometr tezlikda harakatlanadi. Bunday poyezdlardan 2020-yilga kelib yangi Ipak Yo‘li bo‘ylab joylashadigan mamlakatlar foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Sao Fenning so‘zlariga ko‘ra, yangi poyezdni ishlab chiqarishda yangi materiallardan foydalaniladi, masalan, uglevodorod tolalari va alyuminiy qotishmasidan. Fen yangi poyezdlar 2020-yilga kelib yangi Ipak Yo‘li mamlakatlari bozorlarida ishga tushirilishini qayd etdi. Fen Sao yangi poyezdlar mintaqaviy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga yordam berib, Xitoy hamda Ipak yo‘li bo‘yidagi xorij iqtisodiyotlari uchun yangi biznesni yaratishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev may oyi o‘rtalarida Xitoyga tashrif uyushtirishni rejalashtirmoqda.