O‘zbekistonda xitoy tilini biladigan gidlar ko‘payadi va Xitoycha telekanal ishga tushiriladi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishShanxay
Shanxay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida sayyohlikni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. 2017 yil 26-aprel kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Ravshan Usmonov va Xitoy Xalq Respublikasi Turizm ishlari davlat boshqarmasi raisi o‘rinbosari Du Szin bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi davomida 20ta hujjat imzolanadi
Uchrashuvda Xitoy va O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari bilan ikki tomonlama hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr va tajriba almashish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda R.Usmonov, mamlakatda turizm salohiyatini tubdan oshirish, tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilish, ekologik turizm turlarini ko‘paytirish, sarguzasht va tog‘li hududlarga qiziqarli sayohatlarni tashkillashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilganligi aytib o‘tildi. Ushbu turizmni rivojlantrish istiqbolli yo‘nalishlar, davlat rahbariyati tomonidan belgilab berilgan O‘zbekistonda strategik rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasi asosida amalga oshirilmoqda"- deb qo‘shimcha qildi u.

Du Szin so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuksak baholab, ikki davlat turizm sohasidagi idoralararo uchrashuvi tashkil etishishi buning yaqqol isbotidir. Shuningdek, Buyuk ipak yo‘li brendini targ‘ib qilish maqsadida BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (YuNVTO)ning Buyuk ipak yo‘lidagi mintaqaviy markazi ochilishi ahamiyatga molik ishdir. Bu ishlarning barchasi turizm sohasida Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikning natijadorligini oshiradi.

Vand kompaniyasi menedjeri - Irina Medvedeva - Sputnik O‘zbekiston
Turizm eksperti: O‘zbekistonda tomosha qiladigan narsa ko‘p
O‘zbekiston turizm sohasini rivojlantirish va uning imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi:

— Xitoy turizm operatorlarini tanishuv turlarini O‘zbekistonga amalga oshirish, xodimlarni Xitoydan O‘zbekistonga jo‘natish;

— Xitoy turizm operatorlari bilan ishchi uchrashuvlarini tashkillashtirish;

— joriy yil 20-22 oktabr kunlari Xitoyning Kunmin shahrida o‘tkaziladigan "China International tourism market" ko‘rgazmasida O‘zbekiston vakillarining ishtirokini ta’minlash;

— O‘zbekiston vizasini olish tartibini soddalashtirish;

Meva va sabzavotlar yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tez orada yirik eksportchiga aylanadi - Xitoy OAV
- Xitoylik sayohatchilari bank kartalaridan O‘zbekiston hududida foydalanish imkoniyatini yaratish;

— O‘zbekistonda Xitoy tilida so‘zlovchi turistlarga tushuntirish beruvchilarni ko‘paytirish va xitoy tilida telekanal ochish;

— Sharqiy Yevropa davlatlari ishtirokidagi turizm ittifoqi singari Markaziy Osiyo davlatlari turizm ittifoqini tuzish,

— Xitoyda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakolatxonasini ochish.

Bu kabi uchrashuvlar Xitoy va O‘zbekiston turizm sohasini rivojlantirish, sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish va yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, deyiladi O‘zbekturizm matbuot-xizmati xabarida.

Yangiliklar lentasi
0