"O‘lmas polk" tadbiri Toshkentda boshqacha shaklda o‘tkaziladi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tish"O‘lmas polk" aksiyasi ishtirokchilari
O‘lmas polk aksiyasi ishtirokchilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashkilotchilarning izoh berishicha, dunyoda yuzaga kelgan murakkab siyosiy vaziyatda fuqarolar xavfsizligiga tahlika mavjudligi sababli Toshkentda "O‘lmas polk" tadbiri o‘tkazilmaydi. Hokimiyat bilan aksiyani an’anaviy formatda o‘tkazish borasida kelishuv ijobiy hal bo‘lmagach, dasturni o‘zgartirish qarori qabul qilindi

TOShKENT, 2-may — Sputnik, Anton Kurilkin. Joriy yilda "O‘lmas polk" xalqaro aksiyasi Toshkentda boshqa formatda o‘tkaziladi —  urush qatnashchilari suratlarini ko‘targan holda yurish tadbiri o‘rniga, aksiya tashkilotchilari butun boshli tadbirlar dasturini tayyorlashgan. Sputnik O‘zbekiston muxbiri bu borada tadbir tashkilotchilaridan batafsil ma’lumot oldi.

Georgiy lentasi aksiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Georgiy lentasi aksiyasiga start berildi
Tashkilotchilarning izoh berishicha, dunyoda yuzaga kelgan murakkab siyosiy vaziyatda fuqarolar xavfsizligiga tahlika mavjudligi sababli Toshkentda "O‘lmas polk" tadbiri o‘tkazilmaydi. Hokimiyat bilan aksiyani an’anaviy formatda o‘tkazish borasida kelishuv ijobiy hal bo‘lmagach, dasturni o‘zgartirish qarori qabul qilindi.

Urush qatnashchilari fotosuratlarini ko‘tarib yurish o‘rniga, tadbir tashkilotchilari Toshkentdagi Volgograd ko‘chasida vatanparvarlik haqida qo‘shiqlar o‘rin olgan konsert tadbirini o‘tkazadigan bo‘lishdi. "Motamsaro ona" xaykaliga gulchambarlar qo‘yiladi va "Barkamol avlod Bolalar markazi"da bayram konserti o‘tkaziladi.

Bayramda ishtirok eta olmagan veteranlarni mobil otradlar tabriklashadi.

Tadbir tashkilotchilaridan biri bo‘lgan Amir Mollohning so‘zlariga ko‘ra, bu borada juda katta ishlar amalga oshirildi.

O‘lmas polk aksiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Jahondagi siyosiy vaziyat tufayli Toshkentda "O‘lmas polk" aksiyasi o‘tkazilmaydi
"Biz ushbu tadbirlar bilan, mansabdor shaxslardan boshlab, oddiy fuqarolargacha, avvalambor erkinlik va mustaqillik uchun o‘z hayotini baxshida qilgan o‘zbekistonliklarga izzat-ikrom ko‘rsatishga harakat qildik", — dedi u.

U urush davrida 400 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar jang maydonlarida halok bo‘lishganini — va bu ismlar unutilmasligi kerakligini eslatib o‘tdi.

Bu aksiyani yuqoridan sahnalashtirish mumkin emas

"O‘lmas polk" tadbirni o‘tkazish haqida tashkilotchi Gleb Smirnov so‘zlab berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tadbirni amalga oshirish yuqoridan rejalashtirish mumkin emas — bu ko‘ngil holatidir.

Urush faxriylari - Sputnik O‘zbekiston
Bu yilgi 9-May - avvalgilariga o‘xshamas
"Millionlab sovet fuqarolarining qahramonligini xotirlash tuyg‘usi yurakdan chiqishi zarur. Men, masalan, fashizm ustidan g‘alaba qozonish uchun juda katta yo‘qotishlarni boshidan o‘tkazgan oiladan bo‘laman. Bugun kunda, o‘zbekistonliklarning Ikkinchi jahon urushi vaqtida qo‘shgan hissasini shubha ostiga olayotganlarning ovozlarini eshitib, qo‘rqib ketasan kishi", — deb ta’kidladi u.

XX asrning 40-yillarida O‘zbekistonda 6,5 million aholi bo‘lgan, shulardan 1,5 millioni frontga jo‘nab ketgan.

Ulardan 400 ming nafari jang maydonida halok bo‘lgan, 130 ming nafari bedarak yo‘qolgan.

Bularni inkor etish davlatning o‘tgan tarixiga qarshi chiqish deganidir.

Farg‘onada Xotira aksiyasi o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada "Xotira" aksiyasi o‘tkazildi
Shuning uchun "O‘lmas polk" tadbiri bilan shug‘ullanish fikri paydo bo‘ldi, o‘zbekistonliklarning g‘alaba uchun qo‘shgan ulkan hissasini yoshlarda uyg‘otishimiz va veteranlarga katta izzat-ikrom ko‘rsatishimiz zarur", — dedi Smirnov.

Aksiya butun dunyodan javoblar kelmoqda, butun dunyo bo‘yicha tarqalib ketgan o‘zbekistonliklar bizlarga juda ko‘p yordam berishmoqda. Ketganlar o‘zlariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni va qarindoshlarining fotosuratlarini yuborishmoqda.

Toshkent shahrida 9-may kuni o‘tkaziladigan bayram dasturi haqida batafsil ma’lumot "O‘lmas polk" aksiyasi saytida joylashtirilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0