TOShKENT, 26 apr — Sputnik. 2017-yil 9-may kuni O‘zbekistonda "O‘lmas polk" tadbiri o‘tkazilmaydi. Tadbir tashkilotchilari xabariga ko‘ra, mazkur qaror respublikadagi mutasaddi organlar tavsiyasidan so‘ng qabul qilingan.
"Qadrdor o‘zbekistonliklar! Butun dunyoda yuzaga kelgan murakkab siyosiy vaziyat sababli "O‘lmas polk" yurishi joriy yilda o‘tkazilmaydi. Bu bizning hukumatimizning to‘g‘ri qarori deb hisoblaymiz", — deyilgan xabarda.
Shu bilan birga, respublikada statsionar ko‘rgazma o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, tadbir formati VETERAN birlashmasi bilan kelishilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili "O‘lmas polk" aksiyasi doirasida Toshkent shahrining 200 ga yaqin aholisi 9-may kuni Ikkinchi jahon urush qatnashchilarini xotirlashgan edi. Tadbir O‘zbekiston poytaxtidagi "Bratkie mogili" xotira kompleksida o‘tkazilgan.
Bundan tashqari, 300 ortiq avtomobil ishqibozlari "Eslayman va faxrlanaman" avtopoygada ishtirok etishdi. Ushbu avtopoyga qatnashchilari Toshkent shahrining barcha urush va mehnat veteranlari turar joylariga sovg‘alarni yetkazish va zarur belgan yordam berish uchun yetib borishdi.