AQSh OAVlari Vashingtonga Rossiyada "bombalarning otasi" borligini eslatib qo‘ydi

Obuna bo‘lish
Rossiya zaxirasida Amerika ega bo‘lgan "bombalarning onasi"dan kuchliroq qurol borligi haqida ma’lumot tarqalmoqda

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Kuni kecha Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistondagi "Islom davlati" terrorchilariga qarshi "bombalarning onasi" deya atalmish, og‘irligi salkam 10 tonnalik eng kuchli GBU-43 yadrosiz bombasini qo‘lladi.

National Interest nashri ayni vaqtda Rossiyada "bombalar onasi"dan ko‘ra kuchliroq yadrosiz qurol borligini ta’kidlamoqda.

KXDR ballistik raketalarni uchirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya uchun tomosha yoxud AQSh nega Afg‘onistonga "bombalarning onasi"ni tashladi?
U aviatsion vakuumli bomba bo‘lib, "bombalarning otasi" sifatida mashhur. U AQShning eng kuchli yadrosiz, "bombalarning onasi" deb atalmish GBU-43 ni ortda qoldiradi, deb yozgan nashr.

Nashrning yozishicha Rossiya ega "ota"ning marrani yo‘q qilish kuchi amerika "onasi"dan ikki barobar ortiq.

Ushbu bomba birinchi marta Rossiyada 2007-yilda sinovdan o‘tkazilgan. Qurol portlatilganda portlovchi zarralar alanga olib, bo‘shliqni to‘ldiradi va o‘z yo‘lidagi barcha obyektlarni yo‘q qilib tashlaydi, ammo radioaktiv zaharlanish sodir bo‘lmaydi, deb eslatgan nashr.

Yangiliklar lentasi
0