ID jangarilari Afg‘onistonga ko‘chib o‘tishmoqda

© SputnikVoorujennie boyeviki
Voorujennie boyeviki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakatdagi vaziyat "Tolibon" harakati, o‘sib borayotgan narkotrafik, turli etnik va diniy guruhlar o‘rtasidagi nizolar oqibatida yanada murakkablashmoqda

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. "Islom davlati" guruhi terrorchilari Suriya va Iroqdan Afg‘onistonga ko‘chib o‘tishmoqda. Bu esa KXShTga a’zo mamlakatlarga xavf soladi, dedi KXShT bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Valeriy Semerikov. RIA Novosti xabari asosida.

Flag radikalnoy islamistskoy organizatsii IGIL - Sputnik O‘zbekiston
Kobuldagi terakt uchun javobgarlikni ID o‘z zimmasiga oldi

"Hozirda Afg‘onistonga Suriya va Iroqda omon qolgan jangarilar oqimi kuchaydi. Buning natijasida ular Afg‘onistonni keyinchalik KXShTga a’zo davlatlarga hujum qilish uchun maydonga aylantirishlari mumkin", — dedi Semerikov Moskvadagi xalqaro xavfsizlik bo‘yicha anjumanda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi vaziyat "Tolibon" harakati, o‘sib borayotgan narkotrafik, turli etnik va diniy guruhlar o‘rtasidagi nizolar oqibatida yanada murakkablashmoqda.

KXShT — Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga 1992-yil 15-mayda Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan Toshkentda asos solingan.

Keyinchalik O‘zbekiston ushbu tashkilotga a’zolikni to‘xtatgan. Hozirda KXShTga Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Belarussiya a’zo hisoblanadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0