Putin imzolagan “Qizil yulduz” ordeni buxorolik veteranga topshirildi

© podrobno.uzVeteran iz Buxari Gamik Zakiyev
Veteran iz Buxari Gamik Zakiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aslida, kichik leytenant Zakiyev Chexoslovakiyani ozod etish janglarida ko‘rsatgan qahramonligi uchun, Qizil Yulduz ordeni bilan 1944-yilning 7-noyabrida mukofotlangan ekan, lekin urushning alg‘ov-dalg‘ov yillarida mukofot egasiga topshirilmay qolgan.

TOShKENT, 2-maya — Sputnik. 9-may bayrami arafasida, buxorolik Ikkinchi jahon urushi veterani, 92 yoshli  Gamik Zakiyev “Qizil yulduz ordeni” bilan mukofotlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

O‘zbekistonda 1615 nafar veteran qolgan

Mukofotni topshirish marosimida O‘zbekiston mudofaa vaziri o‘rinbosari general-leytenant Baxodir Toshmatov va O‘zbekistondagi Rossiya  elchixonasi harbiy attashesi Sergey Chernishevlar ishtirok etishdi. Ular Gamir Zakiyevning uyiga shaxsan kelib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan guvohnoma hamda “Qizil Yulduz” ordenini topshirishdi. Shuningdek, veteranga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik so‘zlari ham yetkizildi.

Aslida, kichik leytenant Zakiyev Chexoslovakiyani ozod etish janglarida ko‘rsatgan qahramonligi uchun, Qizil Yulduz ordeni bilan 1944-yilning 7-noyabrida mukofotlangan ekan, lekin urushning alg‘ov-dalg‘ov yillarida mukofot egasiga topshirilmay qolgan.

© podrobno.uzGamik Zakiyev
Veteran iz Buxari Gamik Zakiyev - Sputnik O‘zbekiston
Gamik Zakiyev
1945 – 1947-yillarda Zakiyev Uzoq Sharqdagi janglarda qatnashgan va urushdan keyin harbiy xizmatni Mo‘g‘uliston hududida davom ettirgan. Urushdan keyin Zakiyev Samarqanddagi savdo institutini yakunlab, Buxoroga ishlashga yo‘llanma olgan ekan. Bugungi kunda 92-yoshli qahramon katta oilasi bilan birgalikda Buxoroda istiqomat qilmoqda.

Ikkinchi jahon urushida umumiy hisobda O‘zbekistondan 1,4 million aholi ishtirok etgan, ulardan 400 ming nafari qurbon bo‘lgan, 130 mingi daraksiz yo‘qolgan. Ayni damda O‘zbekistonda 1615 nafar Ikkinchi jahon urushi veteranlari va 45 ming mehnat fronti qatnashchilari yashab kelmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0