O‘zbekistonda 1615 nafar veteran qolgan

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda urush boshlangan yillarda 6,5 million kishi bo‘lgan bo‘lsa, shulardan 1,5 millioni urushda qatnashgan. 500 mingdan ortig‘i urush maydonlarida halok bo‘lgan

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Bugungi kunda O‘zbekistonda 1615 nafar urush va mehnat fronti qatnashchilari yashaydi, deb xabar qildi "Darakchi" nashri.

Ta’kidlanishicha, bu haqda "Nuroniy" jamg‘armasi bosh mutaxassisi Xulkar Fayzullayeva ma’lumot berdi.

Bayramona salyut - Sputnik O‘zbekiston
9 may Toshkentda bayramona salyutlar bilan nishonlanadi
Shundan Qoraqalpog‘istonda 45 nafar, Qashqadaryo viloyatida — 120, Buxoro — 87, Xorazm — 85, Andijon — 83.

O‘zbekiston prezidenti Qarori bilan bu yil urush qatnashchilariga 2 million so‘mdan pul mukofoti hamda bir qator imtiyozlar berilishi belgilandi.

14 nafar urush qatnashchisiga yangi uy berildi, 174 nafarining uylari ta’mirlanadi, 288 nafariga reabilitatsion jihozlar, uy maishiy texnikalari hamda boshqa zaruriy narsalar beriladi, deb yozadi nashr.

Shuningdek bu yil urush qatnashchilari "GM Uzbekistan" AJdan istalgan avtomobilini navbatsiz xarid qilish uchun sertifikat bilan taqdirlandi. Ushbu avtomobillarga kompaniya avtoservislarida uch yil davomida bepul texnik xizmat ko‘rsatiladi.

O‘zbekistonda urush boshlangan yillarda 6,5 million kishi bo‘lgan bo‘lsa, shulardan 1,5 millioni urushda qatnashgan. 500 mingdan ortig‘i urush maydonlarida halok bo‘lgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0