Mirziyoyev ichki vazifalar qo‘shinlarini IIVga bo‘ysundirdi

© Sputnik / Pavel Gerasimov / Mediabankka o‘tishMaxsus otradlar mashg‘uloti
Maxsus otradlar mashg‘uloti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika Ichki ishlar vazirligi tomonidan ilgari faoliyat ko‘rsatgan - "Bars"ga o‘xshash maxsus otradlarni qayta tiklash masalalari keng muhokama qilinmoqda. Hozircha kelgusida tashkil etiladigan maxsus bo‘linmalar shakli va tarkibi haqida ma’lumotlar aytilmadi

TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ichki vazifalar qo‘shinlari 1-maydan boshlab yana tuzilma tarkibiga  qaytarildi. Bu haqda bugun bo‘lib o‘tgan brifing anjumanida O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov ma’lum qildi.

O‘zbek militsiyasining kechasi va buguni
Vazir so‘zlariga ko‘ra, shu kunlarda O‘zbekiston prezidenti qarori imzolangan bo‘lib, hujjatda ushbu qaror nafaqat ma’qullangan, balki ushbu yo‘nalishda qator amaliy qadamlar belgilab berilgan.

"1 maydan boshlab mazkur qo‘shin turi to‘liq Ichki ishlar vazirligiga bo‘ysundirildi. Men kuni kecha bir qator batalonlarga bordim, ular har qanday tahdidlarni qaytarishga tayyor holatda. Biz ular kelgusida maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari uchun faol ishlarni amalga oshiramiz. Bizda har qanday tajovuzkorlikni qaytarishga kuchimiz va vositalarimiz yetarli. Shu kunlarda biz ushbu qo‘shinlar tarkibida eski sinalgan jangchilardan kimlar qolganini tahlil qildik, kimlar o‘z tajribasini yoshlarga o‘rgatishi mumkinligini o‘rgandik. Ularning hammasini yangi ishga jalb qilamiz", — deya ta’kidladi Azizov.

Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
IIV rahbari: O‘zbekistonda hozirda militsiya yo‘q
Shuningdek, vazirning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda, davlat rahbarining yana bir hujjati ommaga e’lon qilinishi kerak.

Ushbu hujjat "Bars" maxsus otradi taqdirini hal qiladi.

"Bars" maxsus otradi 2009-yilda Andijon voqealaridan so‘ng tarqatib yuborilgan.

Ammo, vazir, "Bars" asosida qandaydir bo‘linma tashkil etilishi yoki umuman yangi maxsus otrad yaratilishi rejalashtirilganligi haqida ma’lumot bermadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0