TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekistonda 2017-yil 1-maydan boshlab alohida topshiriqli militsiya otradi — OMON tiklandi, deb xabar qildi kun.uz nashri.
2 May 2017, 12:55
Bu haqdagi qarorni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan, deb ma’lum qildi mamlakat ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov Toshkent shahrida Xalqaro press-klub tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida.
Ta’kidlanishicha, endilikda alohida topshiriqli militsiya otradi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi maxsus korpusga aylantirildi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.