TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nobuaki Ito O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
O‘zbekiston va Yaponiya singari do‘stona davlatlar o‘rtasida davlatlar va idoralararo samarali va yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlangan.
Jumladan, O‘zbekiston va Yaponiya Ichki ishlar mahkamalari o‘rtasida xavfsizlik masalalarida va xalqaro terrorizm hamda jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani aytib o‘tilgan. O‘zbekiston IIV xodimlari delegatsiyalar tarkibida yaponiyalik hamkasblari bilan bir necha bor uchrashganliklari va professional sohada o‘zlari uchun ko‘plab yangi va foydali ko‘nikmalar olganliklari ta’kidlangan.
"Muhataram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash borasida Yaponiya, Malayziya va Xitoy huquq-tartibotchilari tajribasini o‘rganishni va o‘zlashtirishni taklif etdilar. Va bu o‘zaro manfaatli hamkorlik jihatdan ham juda foydali bo‘lardi. Yaponiyada, xuddi O‘zbekistonda singari, milliy urf-odatlar va an’analarga sadoqat, katta avlodga hurmat-ehtirom, yoshlarning Vatanga muhabbat ruhida tarbiya qilinishiga katta e’tibor ko‘rsatiladi. Mana shu umumiy mohiyat bizning xalqlarimizga yanada yaqinroq bo‘lish va o‘zaro aloqa qilish imkonini beradi", — degan vazir, general-mayor Azizov.
O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.