TOShKENT, 1-may — Sputnik. Ilgariroq bugun 1-may kuni Toshkent shahrida "Favvoralar kuni" keng nishonlanishi haqida xabar bergan edik.Ammo hozircha tadbir qayerda va qay tarzda o‘tkazilishi noma’lum qolayotgan edi.
Ayni vaqtda Toshkent shahri hokimligi matbuot-xizmati barcha o‘zbekistonliklarni "Favvoralar sayli"ga chorlamoqda.
Quyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan "Favvoralar sayli"ning reja-jadvali bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
1-sahna — Ma’rifat markazi va Simpoziumlar saroyi kirish qismidagi favvora
3-sahna — "Bolajon" istirohat bog‘i favvorasi
4-sahna — "Interneshnl Toshkent" (sobiq Interkontinental) mehmonxonasi kirish qismidagi favvora
5-sahna — Xadra maydonida yangi qurilgan favvora hamda Sirk binosiga kirish qismidagi favvora
6-sahna — Mirzo Ulug‘bek istirohat bog‘i kirish qismidagi favvora
8-sahna — "Istiqlol" san’at saroyi old maydonidagi favvora
9-sahna — Alisher Navoiy teatri kirish qismidagi favvora
10-sahna — Mustaqillik maydoni Motamsaro ona xaykali orqa qismidagi favvora
11-sahna — "Lokomotiv" madaniyat va istirohat bog‘i
13-sahna — Toshkent irigatsiya va miloratsiya instituti
hududi
14-sahna — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti favvorasi
Tadbirlarda kino va teatr aktorlari, estrada xonandalari hamda tomosha guruhlari ishtirok etadi.
Shuningdek, tadbirlar bo‘lib o‘tadigan joylarda kitob savdolari tashkil etilib, bolajonlar uchun turli atraksionlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.
"Barchani saylga taklif qilamiz!", — deyiladi hokimlik xabarida.