Bugun O‘zbekistonda "Favvoralar kuni" nishonlanadi

Obuna bo‘lish
1 may sanasi O‘zbekistonda to‘rtinchi yildirki "Favvoralar kuni" sifatida nishonlanib kelinmoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri o‘z postida "Barcha qishloqdoshlarimni "Favvoralar kuni bilan tabriklayman! Birorta birorta ham favvora bo‘lmasayam qishloqda", deb yozib qoldirgan

TOShKENT, 1-may — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda "Favvoralar kuni" nishonlanmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ta’kidlash joizki, ushbu bayram 2014-yilning aprel oyida paydo bo‘lgan — mamlakat hukumati o‘shanda 1-mayni "Favvoralar kuni" sifatida e’lon qilgan edi. Ammo bu kun taqvimda qizil bilan belgilanmagan, ya’ni dam olish kuni sifatida e’lon qilinmagan.

Ministerstvo oboroni Respubliki Uzbekistan  ustroila aksiyu v ramkax organizovannogo avtoprobega kolonni avtomobiley voyennogo vremeni - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent ko‘chalarida urush yillarining eng mashhur qo‘shig‘i - "Katusha" ijro etildi
Bu bayramni faqat maktab o‘quvchilari va talabalar fontanlar oldida sayr qilish bilan nishonlaydilar.

Ekspertlarning aksariyati 2014-yildayoq bu bayram sovet hukumati davrida nishonlanadigan 1-may — Mehnat bayrami va 9-may — G‘alaba kunini xalq xotirasidan siqib chiqarish uchun sun’iy tarzda o‘ylab topilganini qayd etishgan edi.

Shunday bo‘lsa-da, "Favvoralar kuni" uch yarim yil ichida (O‘zbekistondagi bayramlar orasida eng yorqiniga aylanishga ulgurmagan bo‘lsada) sekin-asta o‘zbek yoshlari muhabbatini qozonmoqda. An’anaga ko‘ra, asosiy tadbirlar Toshkent shahrida kunning birinchi yarmida o‘tkaziladi, bu yerda shu kunda turli shakl va kattalikdagi 70taga yaqin favvoralar ishlaydi.

Bugun ushbu ayyom keng nishonlanadimi, yo‘qmi, hozircha noaniq. Harholda Madaniyat vazirligi tomonidan bayram tadbirlari haqida rasmiy xabar e’lon qilinganicha yo‘q.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0