Toshkentda favvoralar mavsumi ochildi

Obuna bo‘lish
Kun davomida har bir favvora yonida o‘ziga xos madaniy - ko‘ngil ochar dasturlar taqdim etildi. Tadbirlarda yozuvchilar va shoirlar, kino va teatr akterlari, estrada qo‘shiqchilari va sirk artistlari ishtirok etishdi.

TOShKENT, 2-maya — Sputnik. Toshkentda 1-maydan boshlab 15 yirik favvoralar ishga tushdi. 1-may O‘zbekistonda favvoralar kuni deb e’lon iilingan. Har bir favora oldida madaniy va ko‘ngil ochar tomoshalab bo‘lib o‘tdi.

2014 yilning Aprel oyida O‘zbekiston hukumati har yili 1-may kuni Toshkentda favvoralar kuni bayrami o‘tkazish haqida qaror chiqargan edi. 2015-yilda ushbu tadbirga Samarqand shahri ham qo‘shildi. U yerda 14 favvora ishga tushdi. Favvoralar mavsumi Oktabr oyida yakunlanadi.

“Kun davomida har bir favvora yonida o‘ziga xos madaniy — ko‘ngil ochar dasturlar taqdim etildi. Tadbirlarda yozuvchilar va shoirlar, kino va teatr akterlari, estrada qo‘shiqchilari va sirk artistlari ishtirok etishdi”, — deb xabar berdi O‘zbekiston Madaniyat va sport vazirligi.

Alisher Navoiy nomli Davlakat akademik katta teatri yonidagi favvora opera musiqalari ostida Toshkentda birinchi bo‘lib o‘z ishini boshladi. Ushbu favvora 1948-yilda qurilgan va 2010-yilda qayta ta’mirlangan. Favvora paxta ko‘sagi ko‘rinishida yasalgan.

 

 

Toshkentning Xadra maydonida joylashgan favvora ochilishi milliy-madaniy uslubda tomosha tashkil qilishdi. Marosim karnay va surnay sadolari, mumtoz milliy navolar va sirk artistlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.   

Yangi mavsumda aeroport yonidagi va yangi tashkil qilingan Pushkin bog‘idagi favvoralar ham musiqali va rangli-chiroqli favvoraga aylandi.

 

Yangiliklar lentasi
0