Shimoliy Koreya qay tarzda AQShga "zarba berishi" haqida video tarqatdi

© REUTERS / KCNAShimoliy Koreya rahbari Kim Chen In
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreyada Amerika Qo‘shma Shtatlariga raketa yordamida zarba berilishi "o‘xshatib ko‘rsatilgan" videorolik namoyish qilindi

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. KXDR AQShga raketa zarba berilishi "o‘xshatib ko‘rsatilgan" videoni namoyish qildi, deb xabar tarqatdi RIA Novosti.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning bobosi Kim Ir Sen tavalludining 105-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda namoyish qilingan videoda yangi ballistik raketa uchirilishi tasvirlangan.

Kadrlarda snarad okean ustidan uchib o‘tib, AQSh shaharlaridan biriga zarba berishi aks ettirilgan. Keyingi kadrlarda qabriston fonida yonayotgan Amerika bayrog‘i paydo bo‘ladi.

KXDR ballistik raketalarni uchirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya uchun tomosha yoxud AQSh nega Afg‘onistonga "bombalarning onasi"ni tashladi?
Bayramona konsertda raketa sinovlarini ko‘klarga ko‘targuvchi qo‘shiqlar yangragan. Shuningdek, bu sinovlar uchun mas’ul Koreya xalq armiyasi strategik kuchlarining Tepxodon bo‘linmasi madh etilgan.

Qo‘shiqlarni birini matnida "Tepxodon raketasi chaqmoq misoli va imperializmga chaqiriq tashlashga tayyor"ligi haqida so‘zlar bor.

Vashington Pxenyanga mavjud vositalar bilan ta’sir o‘tkazishga va "tinchlikni kuch bilan o‘rnatishga" tayyorligi haqida bir necha bor aytgan. Bunga javoban Shimoliy Koreya provokatsiyalarga yadro zarbasi bilan javob qaytarishini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0