Ogohlantirish: Shimoliy Koreya AQSh harbiy bazasi va Seul kulini ko‘kka sovurmoqchi

© REUTERS / KCNAShimoliy Koreya rahbari Kim Chen In
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Shimoliy Koreya xalq armiyasiga qarashli yadro boyegolovkalari jazo tariqasida Seulni kulga aylantiradi", - deyiladi Koreya Markaziy telegraf agentligi xabarida.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Seulga hamda Tinch okeanida joylashgan Amerika harbiy bazasiga qarshi yadro qurolini qo‘llashi mumkin, deb xabar qilmoqda Koyeya Markaziy telegraf agentligi Shimoliy Koreya Bosh shtabi vakiliga tayangan holda.

KXDRdagi raketa sinovi - Sputnik O‘zbekiston
KXDR navbatdagi yadro sinoviga tayyorlanmoqda
Bayonotda ta’kidlanishicha, AQSh va Janubiy Koreya tomonidan uyushtirilayotgan provokatsiyalar Koreya yarimorolidagi vaziyatni tamomila izdan chiqarib, deyarli yadro urushi yoqasiga olib kelgan. Shu munosabat bilan Koreya Xalq Armiyasi Bosh shtabi harbiy qarama-qarshilikni bartaraf qilish chora-tadbirlari yuzasidan o‘zining qat’iy pozitsiyasini bayon qilgan.

"Shimoliy Koreya xalq armiyasiga qarashli yadro boyegolovkalari jazo tariqasida Seulni kulga aylantiradi", — deyiladi Koreya Markaziy telegraf agentligi xabarida.

Shimoliy koreyalik harbiylar, shuningdek, agar o‘rtadagi qarama-qarshilik o‘ta tang holatga kelsa va yarimorol ustidan AQSh bombardimonchi samolyotlari uchishni to‘xtatmasa, ular Guam orolida joylashgan Amerika harbiy bazasini "yer yuzidan sidirib tashlashini" e’lon qildilar.

Shimoliy Koreya rahbariga qarshi o‘tkazilayotgan mitingda Kim Chen In surati yoqib yuborildi - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya chegarasi yadro sinovlarini qoralovchi minglab varaqalarga to‘lib ketdi
Payshanba kuni AQSh Tinchokeani qo‘mondonligi Qo‘shma Shtatlarning ikki V-1V strategik bombardimonchi samolyotlari tarixda birinchi marotaba Shimoliy Koreya chegarasiga o‘ta yaqin masofada uchib o‘tgani haqida bayonot qilgan edi. Bombardimonchilardan biri Seul shahridan 70 km janubroqda qo‘ngani ma’lum qilingan.

"20 yil ichida(1996 yildan buyon) birinchi marotaba Amerikaning V-1V bombardimonchisi Koreya yarimorolida qo‘ndi", deyilgan edi qo‘mondonlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 sentabr kuni Shimoliy Koreya, o‘zining navbatdagi, KXDR tarixidagi eng yirik, yadro sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazgani haqida e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0