O‘zbekiston tez orada yirik eksportchiga aylanadi - Xitoy OAV

© Sputnik / StringerMeva va sabzavotlar yarmarkasi
Meva va sabzavotlar yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda, Xitoyning yirik shaharlarida serquyosh O‘zbekistonning yuqori sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlariga talab ortib bormoqda

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Xitoyning eng ommabop nashrlaridan biri — "Jenmin jibao" gazetasining veb-saytida O‘zbekistonning qishloq xo‘jalik salohiyatiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar berdi "Jahon" AA.

Vistavka yarmarka produksii promishlennix tovarov Respubliki Uzbekistan 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Dushanbedagi ko‘rgazmada O‘zbekiston mahsulotlari talash bo‘lmoqda
Maqolada O‘zbekistonda yetishtirilgan sabzavot va mevalar nafaqat ichki ehtiyojni qondirayotgani, balki yuqori sifatli mahsulotlar xorijiy davlatlarga ham yetkazib berilayotgani qayd etilgan. Maqola muallifining fikriga ko‘ra, betakror ta’m va yoqimli mazaga ega bo‘lgani tufayli O‘zbekistonning qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti yildan yilga soni jihatidan ham, bahosi va turi ham ortib bormoqda, ular yetkazilayotgan hududlar geografiyasi ham kengaymoqda.

"…Hozirgi kunda O‘zbekistondan 180 dan ziyod turdagi sabzavot va mevalar dunyoning 50 dan ortiq davlatiga eksport qilinadi, — deb yozadi "Jenmin jibao" gazetasi. — Shu bilan birga so‘nggi uch yil davomida qishloq xo‘jalik mashulotlari eksporti hajmi 3 baravarga oshdi. Oxirgi yillarda AQSh, Ispaniya, Avstriya, Polsha, Italiya, Yaponiya, Shveysariya kabi davlatlar O‘zbekistonning importchilariga aylanishdi".

O‘zbekistonning agrar sanoati rivojini yuqori baholar ekan, gazeta O‘zbekiston yaqin kelajakda dunyodagi yangi yetishtirilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarining yirik eksportchisiga aylanishiga ishonch bildirgan.

O‘z o‘quvchilarini mazkur sohaning istiqbollari bilan tanishtirar ekan, "Jenmin jibao" 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida agrosanoat majmuasini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishga yo‘naltirilgan 434 ta loyihani amalga oshirish nazarda tutilganini ta’kidlaydi.

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: Bizga shu ham bo‘laveradi, deb yashash vaqti o‘tdi

Dasturda asosiy e’tibor oziq-ovqat sanoatining xomashyo bazasini kengaytirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini keng qayta ishlashni rivojlantirish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar eksportini ko‘paytirish masalalariga qaratilgani aytilgan.

Shuningdek, maqolada qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun O‘zbekistonning tijorat banklari mablag‘lari va xalqaro moliya institutlari, jumladan, Jahon banki, Osiyo Taraqqiyot banki, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining umumiy hajmi 650 million AQSh dollariga teng bo‘lgan imtiyozli kreditlari jalb etilgani ta’kidlanadi.

Maqola yakunida muallif O‘zbekiston va Xitoyning mazkur yo‘nalishdagi hamkorligi, xususan, XXRga o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish va O‘zbekistonning ushbu sohasiga sarmoya kiritish borasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0