TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Frans Press agentligi "Tolibon"* terrorchilik uyushmasining "bahorgi hujumi" boshlangani haqida xabar berdi. Ularning asosiy maqsadi Afg‘onistonda joylashgan xorijiy kuchlarga qarshi keskin hujum xarakatlarini amalga oshirishdir.
Eslatib o‘tamiz, AQSh 2001-yilda Afg‘onistonda "Tolibon" harakati jangarilariga qarshi harbiy operatsiyani boshlagan. Hozirgi kunda ushbu davlatda 8,4 ming atrofida amekarikalik harbiy kuchlar mavjud. Ular asosan tolibon va "Islom davlati"* terrorchilik uyushmasi jangarilariga qarshi kurashishda mahalliy hokimiyat xavfsizlik kuchlariga yordam bermoqda.
*(RFda taqiqlangan terrorchilik uyushmasi)
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.