AQSh Afg‘onistonga eng kuchli bombani tashladi

© Commons.wikimedia / Master Sgt. Lance Cheung (U.S. Air Force)B-52, Amerika bombardimonchi samolyoti Afg‘oniston osmonida
B-52, Amerika bombardimonchi samolyoti Afg‘oniston osmonida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistondagi "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga "eng kuchli yadrosiz bomba" bilan zarba berdi

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. AQSh birinchi marta eng kuchli yadrosiz bombani jangovar sharoitda qo‘lladi: bomba Afg‘onistondagi "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi jangarilariga qarshi ishlatildi, deb xabar qildi RIA Novosti nashriga Pentagon matbuot-xizmati.

Afg‘onistonda AQSh harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Afg‘onistonda harbiylar sonini yana 5000 kishiga ko‘paytirmoqchi
"Zarba Nangarxar provinsiyasidagi Achin tumanida berildi. "Islom davlati" jangarilari va ular harakatlanish uchun foydalanidigan tunnel tizimlari nishonga olindi. GBU-43 (bombasi) qo‘llanildi", — deb xabar qilgan matbuot-xizmati vakili.

Vakil bomba AQSh tomonidan qo‘llanilgan eng kuchli yadrosiz qurol bo‘lganini tasdiqlagan.

Pentagon vakilining so‘zlariga ko‘ra, bomba MS-130 samolyotidan tashlangan.

Ochiq manbalarda tarqatilayotgan xabarlarga ko‘ra, bunday bombaning og‘irligi 9,5 tonnani tashkil qiladi.

Bunday bomba yordamida yer ustida bir necha yuz metr masofada joylashgan har qanday inshoot, tank va askarlarni, yer ostida 30 metr chuqurlikda qurilgan inshootlarni, g‘or va boshqa tabiiy to‘siqlar ortida yashiringan dushman kuchlarini yo‘q qilib yuborish mumkin.

AQSh Afg‘onistonda ID yo‘q qilinmagunga qadar hujumkor operatsiyalar davom ettirilishini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0