O‘zbekiston fuqarosi uy ichidan qazgan yerto‘la orqali Qirg‘izistonga kontrabanda tashigan

© Press-slujba Komiteta po oxrane Gos. granisi SNBTunel
Tunel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliard-millard dollar yoxud oltin taqinchoq, va boshqa moddiy boyliklarni O‘zbekistondan boshqa davlatlarga olib chiqib ketish uchun kontrabandachilar qanday xiyla-nayranglarni o‘ylab topishmaydi deysiz? Ammo maxsus xizmat xodimlari ham mudrashayotgani yo‘q

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi vakillari tomonidan o‘tgan yil mobaynida respublikadan 2,7 million dollar, 6.2 ming yevro va 1,8 million rublning noqonuniy olib chiqib ketilishi holatining oldi olindi.

Chegara - Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro marshrutlarda qatnovchi o‘zbek haydovchilariga Afg‘oniston chegarasidan o‘tish qiyinlashtirildi
Bu haqda qo‘mita xodimlari bugun O‘zbekiston davlat chegarasida sodir etilgan huquqbuzarliklar mavzusiga bag‘ishlangan brifing davomida gapirishdi.

Xabarga ko‘ra, 2016-yilning 20-iyul kuni Namangan viloyati Chortoq tumanida yirik miqdordagi valyutani noqonuniy ravishda olib o‘tishga urinishgan. Bu yerda chegara xizmati xodimlari 2,5 million dollar va 18ta valyuta kartalarining Qirg‘iziston hududiga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘yishmagan.

Undan tashqari, O‘zbekiston MXX Farg‘ona viloyatida noqonuniy kontrabanda faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro faoliyatiga chek qo‘ygan.

Qirg‘iziston chegarasida nazorat-o‘tkazuv punkti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek-qirg‘iz chegarasida 6,2 mlrd so‘mlik kontrabanda oldi olindi
2016 yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tezkor bo‘linmalari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida viloyatning Oltiariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlariga barham berildi.

Ushbu fuqaro xonadonidan Qirg‘iziston hududiga olib boruvchi 120 metrlik yer osti yo‘lagi aniqlangan. Bu ushbu uy egasiga kontrabanda faoliyati bilan erkin shug‘ullanishiga imkon bergan.

Ta’kidlanishicha, Qirg‘iziston xavfsizlik xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan sa’y-harakatlar sababli mazkur yer osti yo‘lagi bartaraf etildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0